Bugun, 24 dekabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida yöl xarakati xavfsizligi tizimida amalga oşirilgan çora-tadbirlar va galdagi vazifalar muhokamasiga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi. Tadbirda Içki işlar vaziri örinbosari Azizbek Ikromov 2020 yil 1 yanvardan boşlab YPX xodimi xizmat vazifasini bajarişda bodikameralardan foydalanilişini ma'lum qildi.
«YPX xodimlarini bodikameralar bilan töliq ta'minlaşdan oldin sinov jarayonini amalga oşirdik. Xitoyning «Xaytera» kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan 50ta bodikamera Toşkent şahrida - 32tasi YPX xodimlari, 18tasi PPX xodimlari tomonidan şu yilning sentabr-oktabr oylarida test sinovlaridan ötkazildi. Respublika böyiça server moslamalarini joylaştiriş uçun 65ta, bodikameralarni joylaştiriş uçun 192ta joy tayyorlandi. «Xaytera» kompaniyasidan 6 ming 193ta bodikamera xarid qilindi. Bu qurilmalarga tegişli dasturlar örnatildi, sim kartalar bilan ta'minlandi va himoyalangan VPN-kanallari orqali aloqa yölga qöyildi. Tarmoqni taşkil etiş maqsadida «Özbektelekom» AJning uyali aloqa tizimi (2G/3G)dan foydalaniladi. Birgina Toşkent şahriga 2 ming 876ta bodikamera ajratildi.
Bodikamerani YPX xodimi boşqarmaydi va uni öçiriş imkoniga ega emas. Barçasi markaziy server orqali nazorat qilinadi. Bir marta quvvat olganda, 8 soat uzluksiz işlaydi. Quvvat tugaganda, avtomatik quvvatlagiçga ulangan holda doimiy faoliyatini olib borişi mumkin. Bodikamera 25-30 metrgaça masofadagi obektni tasvirga ololadi va ma'lumotlar bir oygaça saqlanadi», deya Ikromovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ikromovning ta'kidlaşiça, yöldagi qonunbuziliş holatlarining atigi 20 foizini inson omili aniqlaş imkoniga ega. Bodikameralar esa buni 100 foiz aniqlay oladi. Demak, qonunbuziliş holatlarini töliq fiksatsiya qiliş va bartaraf etiş uçun şaroit böladi.














