Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO davlatlari bosh shtab qo‘mondonlari Iroqdagi vaziyatni muhokama qiladi
Bryusselda 14 yanvar kuni NATO davlatlari bosh shtab qo‘mondonlari Iroqdagi vaziyatni hamda AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi mavzusini muhokama qiladi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, asosiy e'tibor NATOning Iroqdagi harbiylarni tayyorlash missiyasining kelgusidagi faoliyatiga qaratiladi.
NATO tomonidan e'lon qilingan harbiy qo‘mita rasmiy dasturida Iroqdagi vaziyat tilga olinmagan. Dasturdan Rossiyani Yevropa hududida to‘xtatib turish, NATOning Afg‘oniston va Kosovodagi harbiy operatsiyalarini muhokama qilish masalalari o‘rin olgan.
4 yanvar kuni NATO Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘limidan keyin Iroqdagi kuch ishlatish tuzilmalari vakillarini o‘qitishni to‘xtatdi.
NATOning Iroqdagi missiyasi Bag‘dodning iltimosiga binoan mamlakat kuch ishlatish tuzilmalari vakillarining tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi.
5 yanvar kuni Iroq parlamenti IShIDga qarshi kurash uchun xalqaro koalitsiya bilan tuzilgan kelishuvni bekor qilib, mamlakatdan xorijlik harbiylarni olib chiqib ketish uchun ovoz berdi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026