«Amirsoy»da tashrif buyuruvchilardan biri halok bo‘ldi
Chimyondagi “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurortida 7 yanvar soat 16:20da chang‘i trassalari yopilishi oldidan tashrif buyuruvchilardan biri kurort xodimlariga yosh chang‘ichi yo‘qolib qolganini xabar qilgan. Shundan keyin kurort qutqaruvchilari jamoasi zudlik bilan chang‘ichini qidirishni boshlab yuborishgan. Bu haqda kurortning Telegram-kanalida ma'lum qilindi.
Xabarda ta'kidlanishicha, 30 daqiqadan keyin chang‘ichi trassadan tashqarida tiriklik alomatlarisiz topilgan. Kurortning 8 nafar professional qutqaruvchisi va 2 nafar shifokor 50 daqiqa davomida jabrlanuvchini jonlantirishga harakat qilishgan, biroq baxtga qarshi ularning urinishlari besamar yakunlangan.
Amirsoy Resort ma'muriyati halok bo‘lgan chang‘ichining qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, chang‘ichi chang‘i uchish vaqtida trassa tashqarisiga uchib chiqib ketgan. Voqea tergov qilinmoqda.
Zamonaviy turdagi kurortning tantanali ochilishi 2019 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgandi. Bildirsoyda joylashgan dam olish maskanini qurishda Germaniya, Italiya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniyadan mutaxassislar jalb qilingan. Loyiha qiymati 100 mln dollarni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Bavariyada afg‘onistonlik erkak bolalarga pichoq bilan hujum qildi. Ikki kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:50
-
Turkiyadagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha yana ikki mansabdor hibsga olindi
Jahon | 00:30
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
Mavzuga oid
11:49 / 29.06.2024
Amirsoyga olib boruvchi yo‘lda transport harakati vaqtincha cheklanadi
07:16 / 26.02.2024
Qalbaki avtoraqam bilan 64 marta qoida buzgan haydovchi aniqlandi
20:06 / 09.02.2024
Foto: Mirziyoyev va Lukashenko «Amirsoy»da chang‘i uchishdi
08:06 / 12.03.2023