Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha yana ikki mansabdor hibsga olindi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Grand Karta mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 79 nafarga yetgan. Holatni tergov qilish doirasida jami 11 kishi qo‘lga olingan.
Turkiyaning Bolu shahridagi Grand Karta mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘in ishi doirasida shahar meri o‘rinbosari Sedat Gulener va o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Kenan Joshkun hibsga olindi, deb xabar beradi Anadolu Ajansi.
Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunchning ma’lum qilishicha, yong‘in bo‘yicha tergov doirasida jami 11 kishi ushlangan. Ular orasida Bolu meri o‘rinbosari, Bolu o‘t o‘chirish xizmati direktori o‘rinbosari, mehmonxona egasi, boshqaruvchisi, kompaniya bosh direktori va mehmonxona direktori ham bor. O‘t o‘chirish va qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jami 79 kishi halok bo‘lgan. DNK-testlar yordamida 56 kishining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Boludagi tog‘-chang‘i kurortida joylashgan Grand Kartal mehmonxonasining restoran qismida 21 yanvar kuni yong‘in yuz bergandi. Bu vaqtda bino ichida 237 kishi bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Mamlakat hukumati 22 yanvarni milliy motam kuni deb e’lon qildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga fojia munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:19 / 06.06.2026
Navoiyda mehmonxona oshxonasi yonib ketdi
08:50 / 02.06.2026