Toşkent viloyatining Çimyon toğ dam oliş maskani yaqinida qor köçki hodisasi sodir böldi. Bu haqda Telegram’dagi «Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar kanali»da ma’lum qilindi.

Çimyon qor köçki stansiyasi mutaxassisga köra, havo haroratining yuqori kötarilişi fonida 11 mart soat 09:20 da Böstonliq tumani Çimyon toğ dam oliş maskani Oqsoy havzasining 7- va 8-lotok qismlarida qor köçki tuşgan. Biri 50 000 kub metr, ikkinçisi — 10 000 kub metrga yaqin. Hodisadan jabrlangan yoki halok bölganlar yöq.

«Fuqarolardan Çimyon va Amirsoy toğ dam oliş maskanlariga çiqişda ehtiyot çoralari körilişi talab etiladi. Hozir harorat foni juda yuqori, qor köçki hodisalari faollaşadigan davr», — deya ogohlantiradi kanal muallifi.