Bugun, 13 yanvar kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Yagona darça» bojxona axborot tizimining işga tuşgani, uning afzalliklariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Davlat bojxona qömitasi, «Özstandart» agentligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari iştirok etişdi. Bojxona qömitasi boşqarma boşliği Baxtiyor Abduğaniyev uşbu tizim haqida ma'lumot berdi.

«Joriy yil 1 yanvardan boşlab eksport-import operatsiyalarida inson omilini kamaytiriş va iş muddatini qisqartiriş maqsadida «Yagona darça» bojxona axborot tizimi (www.singlewindow.uz) işga tuşirildi. Endilikda respublikadan olib ketilayotgan va olib kirilayotgan mahsulotlar uçun ruxsatnoma oliş elektron ravişda amalga oşiriladi. Bu fuqarolarga qanday qulaylik olib keladi? Eng avvalo, elektron baza işga tuşgani tufayli vaqt masalasi muammo bölmaydi, idoralararo elektron hujjatlar almaşinuvini qoğozbozlik va ortiqça ovoragarçiliklarsiz amalga oşiriş mumkin böladi.

Şuningdek, bu tizimdan xorijlik tadbirkorlar ham foydalanişi, qöşimça ma'lumotlar olişi, xususan, bojxona reyestrlari, respublikada bojxona omborlari joylaşuvi, tölov miqdori haqida axborot oliş imkoniyati bor. «Yagona darça»ga kelib tuşgan arizani körib çiqiş jarayoni öşa zahoti boşlanadi. Bunda arizaçi iş qaysi bosqiçda ketayotgani haqida onlayn kuzatib turiş imkoniyati böladi. Tizimga elektron raqamli imzo orqali kiriş mumkin.

«Yagona darça» 2ta blokdan taşkil topgan. Birinçisida ariza taqdim etiş, portal haqida asosiy ma'lumotlar, ruxsatnoma va sertifikatlarni haqiqiyligini tekşiriş bölimlari bölsa, ikkinçi blokda notarif tartibga soliş töğrisida ma'lumotlar, bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştiriş, logistika kompaniyalari kabi bölimlarni öz içiga oladi», deydi Baxtiyot Abduğaniyev.

Qöşimça qilinişiça, şartnomani rasmiylaştiriş va tölov bilan boğliq işlar ham şu yilning aprel oyigaça hal qilinadi va şundan söng bu tizimda inson omili iştiroki kuzatilmaydi. Şuningdek, ruxsatnoma va sertifikatsiya oliş muddatini qisqartiriş maqsadida ma'lum mahsulotni işlab çiqaruvçi korxona sertifikatini tan oliş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilyapti.