21 yanvar kuni Biznes va boşqaruv respublika oliy maktabi binosida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi va Agentlik huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi xodimlari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Markazning bir yillik faoliyati natijalaridan biri fuqarolarning davlat organlari bilan özaro munosabatlari jarayonini sezilarli darajada yengillaştirgani hamda aholi uçun bir qator xizmatlar yölga qöygani bölsa, yana bir natija Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining MyGov mobil ilovasining işga tuşirilişi böldi.

Bugungi kunda respublikamiz aholisining 80%ini mobil internet foydalanuvçilari taşkil etişini inobatga olsak, My.gov.uz mobil ilovasining işga tuşirilişi interaktiv davlat xizmatlari körsatişda muhim qadamdir.  

Matbuot anjumani doirasida My.gov.uz mobil ilovasining imkoniyatlari namoyiş etildi va mobil ilovada faqatgina töliq avtomatlaştirilgan elektron xizmatlar, ya'ni davlat organlari xodimlari iştirokisiz körsatiladigan xizmatlar joriy etilganligi etirof etildi. Mazkur ilovalar orasidan yöl harakati qoidalarini buzilganlik yuzasidan jarimalar, şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisob varaği holati haqida ma'lumot oliş, STIRni aniqlaş, iş haqi miqdorini tasdiqlaş töğrisidagi ma'lumotnoma oliş, kommunal xizmatlar uçun tölovlar va boşqalar joy olgan.

Misol uçun, boşqa heç qayerda jarimalar böyiça ma'lumot oliş imkoniyati mavjud tölaqonli xizmat körsatilmaydi. Faqatgina Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida YHQ buzilgani uçun belgilangan jarimalar böyiça ma'lumotni bepul oliş mumkin. Bunda mazkur xizmatdan foydalaniş uçun röyxatdan ötgandan söng jarimalar yozilgan taqdirda ular töğrisidagi malumotlar avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Mobil ilova işlaş jarayonida unda körsatib boriladigan elektron xizmatlar soni oşirib boriladi. 

Ötgan 2019 yil davomida Markaz va Yagona integrator UZINFOCOM bilan hamkorlikda My.gov.uz portalida 49 ta elektron davlat xizmatlari joriy etildi. Ular orasida 5 tasi töliq avtomatlaştirilgan.

Bugungi kunda öz içiga tuğilişni röyxatga oliş, farzand tuğilganda bir martalik nafaqa tölanişi, bolani maktabgaça ta'lim muassasasiga röyxatga qöyiş kabi xizmatlarni olgan kompozit xizmatni joriy etiş ustida işlar olib borilmoqda. Bunday xizmatlar davlat organlariga qayta-qayta taşrif buyuriş va navbatlar kutiş amaliyotini yöq qilişga qaratilgan.

Android operatsion tizimi uçun möljallangan MyGov ilovasini quyidagi havola orqali yuklab oliş mumkin:

Ayni kunlarda mobil ilovaning iOS talqinini işlab çiqiş böyiça işlar olib borilmoqda.

Mobil ilovada quyidagi funksional imkoniyatlar mavjud: 

- Kalit sözlar böyiça qidiruv;

- Xizmatdan foydalaniş uçun yuborilgan arizalarning holati bilan tanişuv;

- Nomingizda bölgan transport vositalari va köçmas mulk obektlarini kiritiş;

- Davlat xizmatlari markazlarining joylaşuvi töğrisida geolokatsiya ma'lumotlarini oliş.

2020 yil davomida biometrik ma'lumotlar asosida masofadan turib qulay usulda autenfikatsiya qilişni joriy etiş rejalaştirilgan. Bunday usul elektron xizmatlardan masofadan turib oson va qulay foydalaniş imkoniyatini yaratadi.