Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston shimoli-sharqida to‘rtta portlash yuz berdi
Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida kamida to‘rtta portlash yuz berdi. NDTV telekanalining bildirishicha, hozircha qurbonlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.
Portlashlarning uchtasi Dibrugarx shahrida yuz bergan, yana bir portlash Charaydeo shahrida sodir bo‘lgan. Ularning barchasi 10 daqiqa ichida yuz berdi, deb ma'lum qildi mahalliy politsiya vakili.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxslar bir nechta granata uloqtirgan. Politsiya teraktlar ortida Assam shtatining Hindistondan ajralib alohida davlat bo‘lishini istayotgan "Assam ozodligi birlashgan fronti" (ULFA) guruhi turganini taxmin qilmoqda.
Portlashlar Hindistonda respublika kuni milliy bayrami nishonlanayotgan kunda amalga oshirildi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
17:18 / 08.06.2026