Dekabr oyida Özbekistonda «Volontyorlik faoliyati töğrisida» qonun qabul qilingan edi. Yu-Report loyihasi Yoşlar ittifoqi bilan birga mamlakat yoşlarining volontyor faoliyatiga munosabatini örgandi.

Sörovnomada butun mamlakat böylab 4500dan ortiq respondent qatnaşgan, ularning 38 foizi – xotin-qizlar.

Volontyorlik haqidagi sörovnomaning asosiy natijalari

1. Respondentlarning aksariyati (68 foiz) ular volontyorlik nimaligini bilişlariga işonişadi, respondentlarning 26 foizi esa bu qanday faoliyat ekanini bilişmaydi.

2. Yu-Reportyorlarning yarmidan köpi (58 foiz) volontyorlikni «ezgulik uçun beğaraz mehnat» bilan boğlaşadi. 14 foizi esa «vatan ravnaqi uçun yordam» variantini tanlaşdi.

3. Respondentlarning 18 foizi ular hozirda volontyor ekanliklarini aytişgan va bu variant barça yoş toifalarida teng ravişda tanlangan. Yu-Reportyorlarning 1/3 qismi heç qaçon volontyor bölmagan, şu bilan bir vaqtda 1/4 qismi avval volontyor bölişgan. Sörov iştirokçilarining 1/5 qismida volontyor böliş istagi bor, lekin buni qanday qilişni bilmaydi.

4. Ta'lim loyihalari – volontyorlik faoliyatning eng jozibali sohasi. Respondentlarning 20 foizi uşbu variantni tanladi. Ikkinçi örinda – yoşlar bilan işlaş (17 foiz).

5. Qiziği şundaki, ta'lim sohasida volontyorlik qiliş 35 yoş va undan katta yoşdagi respondentlar uçun eng jozibali böldi.

6. Sörovda qatnaşgan yoşlarning aksariyati (60 foiz) odamlarga yordam beriş istagi ularni volontyorlik bilan şuğullanişga undaydi, deya e'tirof etişgan. Ikkinçi eng muhim rağbatlantiruvçi omil – bu öz-özini rivojlantiriş istagi (13 foiz). Uçinçi örinda – bir jamoaning qismi böliş istagi (11 foiz).