«Volontyorlik» deganda köngilli bölib jamoat işlarida qatnaşiş nazarda tutiladi. Boşqaça aytganda, volontyorlar özining şaxsiy manfaatidan taşqariga çiqib, jamiyatdagi muammolarni hal qilişga kömaklaşadi. Juda köp hollarda buni notöğri talqin qilişadi va majburiy faoliyat turi sifatida talqin qilinadi. Özbekistonda majburiy-ixtiyoriy volontyorlik asosan umumxalq bayramlarida haşar şaklida taşkil etiladi. Hozirgi paytda yoşlar köngilli bölib ma'lum joyda öz fuqarolik pozitsiyasini körsatişdan qoçişga harakat qilişadi. Nega şunday? Çunki bu yönalişning mohiyati töliq anglaşilmagan. Natijada, tuşunça notöğri şakllangan va yoşlarga ham şu taxlitda singdirilgan.    

«Köngilli bölib jamoat işlarida qatnaşiş boqimandalik kayfiyatini yöqotişga yordam beradi»

Harvard Tibbiyot maktabi tadqiqotçisi Jamşid Jambulov:

— AQŞ maktablaridan birida öqib yurgan paytimda volontyorlik dasturlariga qatnaşganman. Darslardan keyin kambağallarga ovqat, kiyim-keçak tarqatiş, atrof-muhit tozaligiga kömaklaşiş kabi işlarni bajarganmiz. Misol uçun, har hafta kambağallar uyiga borib, kiyim tarqatiş, taom tayyorlaş, tozalik işlarini olib borişda yordamlaşardik. Şu tariqa volontyorlik soatlari hisoblab borilardi. Yiğilgan miqdorga qarab mukofot belgilanadi (oltin, kumuş, bronza medal). Oq uy qoşida Milliy va jamoatçilik xizmati bor. Şu taşkilot volontyorlarni rağbatlantiriş uçun prezidentning volontyorlik xizmati mukofotini berişda vakillik organi hisoblanadi. Jamoat işlarida faollik körsatganlarga alohida e'tibor berişdan maqsad yoşlarda jamiyatga daxldorlik hissini uyğotişdir. Volontyorlikning yana bir ahamiyatli tomoni şundaki, oliy öquv yurtiga hujjat topşirayotganda yoki işga kirişda bu alohida hisobga olinadi.

Volontyorlikning foydali jihatlari: mahalliy hamjihatlikni qaror toptiradi, odamlar orasida döstona munosabatlarni şakllantiradi. Bizda ham volontyorlik xizmatlarini taşkil qiliş maqsadga muvofiq bölardi. Tasavvur qiling: Prezident Şavkat Mirziyoyev nomidan şaxsan yozilgan maktubni qabul qilsangiz, qançalik faxrga tölasiz. Buning ortida bir ma'no bor: siz jamiyatning bir bölagi ekanligingiz, e'tibordan çetda emasligingizni anglatib turadi. Özbekistonda volontyorlik asosan haşar körinişida taşkil qilinadi. Uning boşqa yönalişlarini ham taşkillaştiriş lozim. Eng muhimi, volontyorlarga qilgan işlari uçun kiçkina bölsa ham rağbat bölişi kerak.

Yoşlar volontyorlikdan qanday foyda körişi mumkin? Ularda boqimandalik kayfiyati biroz bölsa-da, çekinadi. Hammasini davlat qilib berişi kerak, degan tuşunça yöqoladi. Men ham jamiyatning bir bölagi ekanman, deb öylay boşlaydi, mustaqil fikrlaşga çorlaydi, ijtimoiy mas'uliyatni oşiradi.