«Volontyorlik faoliyati töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik şaxslarning manfaatlarini közlab bepul asosda amalga oşiriladigan, jamoat uçun foydali bölgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi.
Volontyorlik faoliyati quyidagi şakllarda amalga oşirilişi mumkin:
yakka tartibdagi volontyorlik faoliyati;
volontyorlar guruhi tarkibidagi volontyorlik faoliyati;
volontyorlik taşkiloti orqali volontyorlik faoliyati.
Kam ta'minlanganlarni, işsizlarni, köp bolalilarni va boşqa şu kabi şaxslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yordam körsatiş volontyorlik faoliyatini amalga oşiriş yönalişlaridan biridir.
18 yoşga tölgan jismoniy şaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oşirişi mumkin.
Volontyorlik volontyor va volontyorlik faoliyatining taşkilotçisi örtasida yozma şaklda tuzilgan şartnoma asosida amalga oşirilişi mumkin.
Volontyorlik faoliyatining taşkilotçisi, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan köproq band bölsa, volontyor bilan volontyorlik şartnomasini tuzişi şart.
Volontyorlik faoliyatining taşkilotçisi volontyorga maxsus kiyim-boş beradi hamda volontyorlik aksiyasi ötkazilayotgan joyga kelib ketişi uçun yöl haqi, yaşaş, ovqatlaniş va boşqa xarajatlarining örnini qoplaydi.
















