Jamiyat | 14:17 / 17.02.2020
12755
2 daqiqa o‘qiladi

Orol dengizini qutqarish uchun yovvoyi mevali daraxtlar ekilishi mumkin

Orol dengizini qutqarish uchun yovvoyi mevali daraxtlarni ekish haqida taklif berildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Orol dengizini qutqarish uchun yovvoyi mevali daraxtlarni ekish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning ekologik global muammosi bu - Orol muammosidir. Bu muammoga ko‘pchilik e'tibor bermayotgani aytiladi. O‘zbekiston tabiiy iqlimining salbiy o‘zgarishida Orolning qurib borishi asosiy sabablardan biri, deb taxmin qilindi.

“Men Orol muammosini amaliy hal qilish uchun o‘z taklif va murojaatlarimni ko‘p yillik tajribamga asoslanib quyidagilarni bayon qilmoqchiman. 

Birinchidan, O‘zbekistondagi foydalanishga yaroqsiz yerlarda, daryo va kanallar atrofiga tog‘ yovvoyi mevali daraxtlarini ekib, “yashil belbog‘” barpo qilish kerak. Chunki, bu yovvoyi mevali daraxtlar suvni bug‘lantirmaydi, aksincha, havodagi namlikni so‘rib, yer tagida buloqlar paydo bo‘lishini ta'minlaydi. 

Ikkinchidan, barcha mavjud daryo va kanallarni yer sathidan 10 metr chuqurligini ta'minlash lozim. 

Uchinchidan, Orol atrofidagi cho‘l hududlarda ham yovvoyi mevali daraxtlardan bog‘lar barpo qilish kerak. Bu ishning bir necha usullari bor va amalda natijasi ijobiy samara beradi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bundan oldin, Nukus, Urganch va Xiva atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etilishi xabar berilgandi. 

Mavzuga oid