Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
Orol dengizining O‘zbekiston tomonidagi qurigan tubida 742 ming ga maydonda yashil qoplamali o‘rmonzorlar barpo etish;
Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat “yashil belbog‘”larni barpo etish nazarda tutiladi.
Mas'ullar - O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi.










