Alamki, uning çöğini hattoki ötayotgan vaqt ham söndirişga ojiz. Taqdirning şum öyinlariga könikişdan özga iloj yöqligini bora-bora anglaysan…

2019 yil 18 dekabr kuni Toşkent metropoliteni qurilişida röy bergan baxsiz hodisa va u yerda halok bölgan yoş yigitlar haqidagi xabar qalblarni larzaga soldi.

Kun.uz ijodiy jamoasi Qaşqadaryo va Samarqand viloyatida yaşagan marhumlarning xonadonlarida böldi. Yigitlarning yaqinlari, onalari bilan suhbatlaşdik… Uşalmagan orzulari, armonlarini tingladik.

Qaşqadaryo viloyatidan bu mudhiş hodisa oqibatida 4 nafar yigit dunyodan köz yumdi. Ularning uç nafari Şahrisabz tumanining Beşkapa qişloğida istiqomat qilgan. Taqdirni qarang — Yakkaboğda yaşagan törtinçi yigitning ham qişloği nomi Beşkapa ekan.

Heç kim bolam demasin ekan. Alpdek öğlonlaridan ayrilgan muştipar onalarning hasratini tinglaşdek oğir narsa bölmasa kerak…

Dastlab marhum Jonibek Ravşanov xonadonida böldik. Onasi Risolat Bobomurodova va yaqinlari hamsuhbat bölişdi. Ota beçora oğir betob, töşakka mixlanib qolgan…

«Beorzu odam emas edi. Hammani öziga döst bilib, katta-kiçikka birdek edi.  Orzulari bir olam edi», — deydi marhumning onasi Risolat Bobomurodova.

Şu qişloqlik Oybek va Davronbek Abdullayevlar qarindoş ekan. Bir köçada yaşaşgan ekan.

Oiladagi yakkayu yagona öğil Oybek Abdullayevning onasi Halovat Şukurovaning eslaşiça, öğli bir oy işlab kelib, uyda 18 kun davolanib, dam olib 20 oktabr kuni yana Toşkentga işga ketgan.