Toşkent metropolitenining Yunusobod yönalişi qurilişida yuz bergan baxsiz hodisa barça hamyurtlarimizni çuqur qayğuga soldi. Metro qurilişida işlayotgan olti nafar yoş va norğul yigit tuproq ostida qolib halok böldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda barça özbekistonliklar marhumlarning oilasiga hamdardlik izhor etişmoqda. 

#GoUzbekistan loyihasi muallifi Fazliddin Hojimuhammedov Toşkent metropoliteniga taklif bilan murojaat qildi.

«Yangi qurilayotgan metro bekatlaridan biriga «Quruvçilar» nomi berilsa, olamdan ötgan quruvçilarimiz va hozirgilari abadiy yodimizda qolişardi», — deyiladi murojaatda.

Bu çindan ham örinli taklif. Çunki Toşkent metropolitenida kasb egalari şarafiga nomlangan «Maşinasozlar» va «Kosmonavtlar» bekati bor. Metro rahbariyati tomonidan şunday yöl tutilsa, nafaqat marhum quruvçilar, metropolitenni barpo etgan barça quruvçilar xizmati uçun hurmat bajo keltirilgan bölardi.

«Adolat” SDP ham metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylaştirişni ifodalovçi nom beriş ğoyasini qöllab-quvvatlaşini ma'lum qilgan.

Vikipediyada yozilgan, biroq tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, metroning «Yunusobod» yölida barpo etilayotgan yer osti bekatlari «Yunusobod» va «Şahriston» deb nomlanişi belgilab qöyilgan.