Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Toşkent metropolitenining Yunusobod yönalişida 18 dekabr kuni sodir bölgan baxsiz hodisa yuzasidan maxsus tekşiriş komissiyasi xulosasini e'lon qildi.

Örganiş natijalariga köra, baxsiz hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlaş işlari jarayonida yöl qöyilgan kamçiliklar, loyihadan çetlaniş holati mavjudligi, yoğingarçilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib çiqqan suvning intensiv tuproqqa şimilişi sabab bölgan.

«Maxsus tekşiriş komissiyasi qurbonlarning qaramoğida bölgan şaxslarni moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida 4ta oilaning har biriga 261 938 888 sömdan, jabrlanuvçi yana bir oilaga 281 062 782 söm bir yöla tölanadigan bir martalik nafaqa pullari belgilandi.

Şuningdek, marhumlarning qaramoğida bölgan mehnatga layoqatsiz şaxslarga oyma-oy tölanişi lozim bölgan pul mablağlari hisob-kitob qilinib, amalga oşiriş uçun iş beruvçilarga taqdim etildi», – deyiladi vazirlik bildirişida.

Eslatib ötamiz, 6 kişining ölimiga olib kelgan hodisa yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatgan edi. Hozirça jinoyat işi tafsilotlari jamoatçilikka ma'lum emas.