«Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmati bergan xabarga köra, Zarif Karimov oilaning asosiy boquvçisi bölgani sababli 12 fevral kuni iş beruvçi va «Temiryölsuğurta» suğurta kompaniyasi tomonidan marhumning bevasi Maysara Mavlonovna Irisovaga 281 mln 671 ming söm miqdoridagi tölovlar ötkazib berilgan.
Bundan taşqari, marhumning dafn marosimi xarajatlari uçun 8 mln söm ajratilgan. Ayni vaqtda marhumning qaramoğida bölgan beş nafar oila a'zosining har biriga 650 ming söm miqdorida nafaqa har oy tölab borilişi boşlangan.
Şuningdek, maxsus komissiya qarori bilan fojia qurboni bölgan yana 5 marhumning oilalariga ham bir martalik nafaqa pullari, şuningdek, mehnatga layoqatli bölmagan oila a'zolari uçun oylik kompensatsiya tölovlarini belgilagan. Ularga tölovlarni mehnat şartnomasini tuzgan firma amalga oşiradi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning 18 dekabr kuni Toşkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yönalişida sodir bölgan avariya oqibatida 6 nafar quruvçi halok bölgan edi.
Öşa kuniyoq qurbonlarning har biri uçun ularning oilasiga 100 mln sömdan kompensatsiya tayinlangani haqida ma'lum qilindi.
Yunusobod fojiasi qurbonlarining yaqinlariga yana qanday tölovlar tölanişi kerak?
Sodir bölgan baxsiz hodisa maxsus tekşiriş komissiyasi tomonidan örganildi. Örganiş natijalariga köra, baxsiz hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlaş işlari jarayonida yöl qöyilgan kamçiliklar, loyihadan çetlaniş holati mavjudligi, yoğingarçilik suvlari hamda oqova quvurlaridan sizib çiqqan suvning intensiv tuproqqa şimilişi sabab bölgan.












