Şuningdek, Turkiya suriyalik harbiylarning Halabdagi aerodromiga zarbalar yöllagan va endilikda aerodrom «foydalaniş uçun yaroqsiz» ahvolga kelgan. Bu aerodrom orqali turk harbiylariga hujumlar uyuştirilgandi.

Ayni vaqtda Suriya Idlib havo kengliklarini yopiq deb e'lon qildi - endi suriyaliklar Idlib osmonidagi har qanday uçar obektni urib tuşirişmoqçi.

Quriqlikda Suriya armiyasi va muxolifat kuçlari örtasidagi töqnaşuvlar davom etmoqda. Turkiya öz ittifoqçilarini artilleriya zarbalari orqali qöllab-quvvatlamoqda - Suriya armiyasining havo hujumidan mudofaa tizimlari va zirhli texnikalariga zarbalar berilmoqda.

Idlibdagi vaziyat 27 fevral kuni keçqurun turkiyalik 33 nafar harbiy Suriya aviatsiyasi zarbalari oqibatida halok bölgaç keskinlaşdi. Öşanda Asad kuçlari muxolifatning Serakibni qaytarib oliş böyiça urinişlariga javoban havo zarbalari yöllagandi.

Payşanba kuni Idlibda halok bölgan turk askarlarining dafn marosimi / Getty Images

Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Oqar yakşanba kuni televideniye orqali çiqiş qilib, «Bahor qalqoni» amaliyoti boşlanganidan buyon Suriya hukumati kuçlarining 2212 nafar harbiysi yöq qilingani, 103ta tank, 8 vertolyot va 1 dron yakson etilgani, şuningdek, suriyaliklarning boşqa harbiy jihozlariga zarbalar berilgani haqida ma'lum qildi.

Ofisi Londonda joylaşgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi ma'lumotiga köra esa, Suriya harbiy xizmatçilari yöqotişlari soni 74 nafar bölgan.

Idlibdagi vaziyat Turkiyaning Damaşqni qöllovçi Rossiya bilan munosabatlarini ham sovuqlaştirmoqda. Ammo Xulusi Oqarning aytişiça, turklar buni istamasligini aytgan.

«Biz Rossiya [Suriya] rejimi tomonidan zarbalar berilişini töxtatişini istaymiz. Biz Rossiya bilan töqnaşiş istamaymiz va töqnaşmoqçi ham emasmiz», degan u.

Yangi hafta davomida Erdöğan va Putin özaro uçraşib, Idlibdagi vaziyatni muhokama qilmoqçi. Uçraşuv 5 mart kuni Xorvatiya poytaxti Zagrebda bölib ötadi, şu kuni bu yerda Yevropa Ittifoqi davlatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvi ham ötkaziladi.

Idlib nimasi bilan muhim?
Suriya şimoli-ğarbida, Turkiya bilan çegara hududida joylaşgan Idlib viloyati - Başar Asad rejimiga qarşi kuçlar nazoratida qolgan sönggi hududdir. Bu viloyatda uning hukmronligi ostida yaşaşni istamay mamlakatning turli burçaklaridan qoçib kelgan 3,5 millionga yaqin qoçqinlar ham bor.

Ötgan yilning dekabrida Eron va Rossiya tomoni kömagida Suriya hukumati qöşinlari Idlibni egallaş uçun yuriş boşladi hamda şu vaqtga qadar hududning bir qismida nazorat örnatdi.

Bu hujum tufayli yana millionga yaqin kişi öz boşpanalarini tark etib, Turkiya bilan çegara hududida töplandi. Turkiya esa allaqaçon 3,7 mln qoçqinni öz hududiga qabul qilib bölgan, mamlakat rahbariyati yangi qoçqinlarni qabul qiliş uçun resurslar yetarli emasligini ma'lum qilgan.

2018 yil sentyabrida Rossiya va Turkiya örtasida tuzilgan Soçi kelişuviga köra, Idlib qurolli harakatlardan xoli hududga aylantirilişi, Turkiya esa bu hududda qoçqinlar xavfsizligini ta'minlaş uçun kuzatuv postlarini örnatişi közda tutilgandi.

Fevral oyi boşida prezident Erdöğan agar oy oxiriga qadar suriyalik harbiylar Idlibdan ketmasa, Turkiya armiyasi ularni kuç bilan siqib çiqarişini ma'lum qilgandi.

Hozirça turklar va suriyaliklar havo zarbalari va artilleriya zarbalari bilan almaşişmoqda / Getty Images

Rossiya va Turkiya Suriya armiyasining uşbu viloyatdagi harakatlari böyiça turli qaraşlarga ega. Moskva mintaqada vaziyat keskinlaşişida Asad rejimiga qarşi muxolifat kuçlarini ayblaydi, RF prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ularni «Idlibda pistirma qöygan terrorçilar» deb atagan. Anqara esa Suriya hukumati şunçaki Soçi kelişuvini buzgan holda Idlibni töliq egallaşga urinişni maqsad qilgani haqida aytadi.

Rossiya tomoni mamlakat harbiylari Serakib atrofidagi sönggi töqnaşuvlarda iştirok etmagani, rus harbiylari turk askarlari ölimiga aloqador emasligini bildirgan. Turkiya ham Rossiyaga nisbatan rasmiy ayblov qöymagan.

Rossiya avvalroq BMT Xavfsizlik kengaşida Idlibda gumanitar sulh tuzilişi böyiça rezolyutsiyaga tösiq qöygan va bu hududda tinçlik örnatilişining yagona çorasi - mamlakatda terrorçilarni qöllab kelayotganlarning barçasini haydaş ekanini bildirgandi.

Tinç aholi vakillariga nisbatan zöravonlik işlatişda ayblanayotgan Suriya hukumati esa «Idlibni terrorçilardan ozod qiliş» maqsadida ekanini ma'lum qilgan.

Juma kuni Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan telefon orqali muloqot qilişdi va Idlibdagi vaziyat barqarorlaşişi uçun Rossiya va Turkiya öz harakatlarini yanada muvofiqlaştirişi böyiça kelişib olişi kerakligini ta'kidlaşdi.

Turkiya nima uçun Idlibni tark etolmaydi?
Turkiya Suriya bilan umumiy çegaralarga ega, bu çegara orqali suriyalik qoçqinlar şimolga tomon harakatlanişadi.

Şanba kuni prezident Erdöğan uning mamlakati bundan keyin qoçqinlarni qabul qila olmasligi va Yevropaga ötişni istaganlarga qarşilik qilmasligini ma'lum qildi.

Bundan taşqari, Anqara Suriya şimolidagi hududlar kurdlar nazoratiga ötişini istamaydi. Hukumat bu holda Turkiya içkarisida kurd millatçiligi kuçayişi mumkinligidan xavotirlanadi. Suriya kurdlari avval AQŞning mintaqadagi ittifoqçilari bölişgan, ammo Donald Tramp qaroriga köra amerikalik harbiylarning katta qismi bu hududdan olib ketilgaç, kurdlar Suriya hukumati bilan ittifoq tuzişga majbur bölgan.

Turkiya Idlibni ikki sababga köra özi nazorat qilişni istaydi: kurd bölinmalaridan himoya tösiği hosil qiliş va bu yerga öz hududidagi suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş uçun.