27 fevral oqşomida Idlibdagi turk harbiylari Suriya aviatsiyasi hujumiga uçragan. Ayni vaqtda jarohatlanganlar Turkiya janubidagi şifoxonalarga olib borilgan, ularning hayotiga heç narsa tahdid qilmayapti. Daily Sabah naşri ma'lumotiga köra, Turkiya qöşinlari Idlib şarqidagi suriyalik harbiylarga javob zarbalari yöllagan.

Voqealar rivoji

27 fevral kuni Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Suriya muxolifatining harbiy qanoti bölmiş «Milliy armiya» kuçlari mamlakat şimoli-ğarbidagi Idlib provinsiyasida 7 fevral kuni hukumat armiyasi tomonidan egallab olingan Serakib şahrini jang bilan qaytarib olgani haqida xabarlar tarqaldi.

Serakib uçun janglar davom etmoqda / GETTY IMAGES

«Serakib şahri Asad bandasidan töliq tozalandi», dedi Milliy ozodlik fronti vakili Naji Mustafo.

«Payşanba kuni bir neça yönaliş böylab harakatlangan kuçlar Serakibni ozod qilişdi», dedi suriyalik muxolif siyosatçi Ibrohim Idlibiy jurnalistlarga.

Şuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Idlibdagi voqealar Turkiya uçun ijobiy tusda rivojlanayotganini ma'lum qildi.

«Suriya şimoli-ğarbidagi Idlib viloyatidagi voqealar ayni vaqtda Turkiya foydasiga. Agar Rossiya bölmaganida Asad rejimi allaqaçon öz mavjudligini yöqotgan bölardi», degan u.

Turkiya prezidenti 27 fevral kungi harbiy harakatlar vaqtida yana uç nafar turkiyalik askar halok bölganini, lekin Suriya armiyasi yöqotişlari ulkan ekanini ma'lum qilgan. U Anqara yuz minglab suriyaliklar ölimiga sababçi bölgan Asad rejimi bilan heç qaçon döstlaşa olmasligini ta'kidlagan.

Öz navbatida Rossiya harbiylari bu xabarlarni rad etib çiqdi.

«Turkiyadagi ayrim naşrlar Idlibdagi Serakib şahri jangarilar nazoratiga qaytarilgani haqidagi xabarlar asossiz. Jangarilarning urinişlari Suriya hukumati harbiylari tomonidan muvaffaqiyat bilan qaytarildi», dedi RF Mudofaa vazirligidagi manba «Interfaks» naşriga.

Suriyaning rasmiy agentligi «SANA» esa «Serakib frontida hukumat armiyasi va terrorçilar örtasida şafqatsiz töqnaşuvlar» bölib ötayotgani haqida xabar tarqatdi, bu xabarda şahar ayni vaqtda qaysi tomon nazoratida ekaniga oydinlik kiritilmadi.

«Frans press» agentligining voqea joyidan xabar bergan muxbiri (u qurollangan muxolifatçilar bilan şaharga kelgan) bombalangan va «arvoh şahar»ga aylangan Serakibni aholi tark etayotganini körgani haqida ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, muxolifat vakillari şahar markazidagi katta hududni nazorat qilmoqda, şaharning çekka hududlarida töqnaşuvlar davom etmoqda.

Strategik çorraha

Serakib strategik va iqtisodiy jihatdan öta muhim bölgan M4 (Halab-Lataqiya-Hama) va M5 (Halab-Damaşq) trassalari kesişmasida joylaşgan şahardir.

Uruş tufayli 7 yildan buyon Damaşq-Halab yöli huvillab qolgan / GETTY IMAGES

Avvalroq dekabr oyining ikkinçi yarmida Rossiya va Eron kömagida Idlibga keng kölamli yuriş boşlagan Suriya harbiylarining asosiy maqsadi uşbu trassa ustidan uzil-kesil nazorat örnatiş ekani ma'lum qilingandi.

Ofisi Londonda joylaşgan Suriya Inson huquqlari böyiça observatoriyasi ma'lumotiga köra, rossiyalik va eronlik harbiylar kömagiga tayangan holda yuriş qilayotgan hukumat qöşinlari sönggi uç kun davomida Idlibning janubiy qismida va qöşni Hama viloyatida 60dan ortiq aholi punktini egallagan.

7 fevral kuni suriyaliklar Serakibni egallab olişgan va şundan keyin şaharni tinç aholi vakillari bölgan 170 mingdan ortiq kişi tark etib, Turkiya bilan çegaralar tomon yöl olgan.

Agar muxolifat Serakibni töla qaytarib olgan bölsa bu sönggi oylardagi eng muvaffaqiyatli qarşi yuriş hisoblanadi.

Idlibdagi vaziyat

Turkiya bilan çegaradoş bölgan Idlib - Suriyadagi muxolifat nazoratida qolgan sönggi hududdir. Bu viloyatda Damaşq rejimidan norozi bölgan holda mamlakatning turli burçaklaridan qoçib kelgan 3,5 million atrofidagi odam bor.

Turkiya yanvar oyidan buyon Idlibga köproq harbiy kuçlar va texnikasini joylaştirmoqda / GETTY IMAGES

Turkiya agar Suriya armiyasi Idlibni egallasa, bu hududdagi qoçqinlar Turkiyaga yopirilişi va şundoq ham mamlakatni töldirgan millionlab boşqa suriyalik qoçqinlarga qöşilişiga şubha qilmaydi.

2017 yildagi Turkiya va Rossiya örtasidagi Soçi kelişuviga köra, Idlib harbiylardan xoli hudud bölişi közda tutilgan, buni turklarning harbiy postlari nazorat qilişiga kelişilgan.

Lekin töqnaşuvlar töxtamadi. Moskva va Damaşq bunda muxolifat vakillarini aybladi, RF prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Idlibdagi pistirmalarda yotgan terrorçilar» haqida bot-bot gapirdi, rasmiy Anqara esa Suriya hukumati şunçaki butun mamlakat hududi ustidan nazorat örnatişni istayotganini harbiy harakatlar sababi deb atadi.

Turkiya Suriya şimolidagi ittifoqçilarini himoya qiliş uçun (bu hududdagi turli guruhlar öz vaqtida Turkiyaga IŞID va kurd otryadlariga qarşi janglarda katta yordam bergan) minglab harbiylari va harbiy texnikalarini Idlibga yölladi. Sönggi ikki oyga yaqin vaqt davomida Suriya armiyasining artilleriya va aviatsiya hujumlari oqibatida 19 nafar turkiyalik harbiy halok bölgandi.

Turkiya Suriya bilan oçiq uruş boşlanişi muqarrar ekanidan ogohlantirib keldi, Rossiya esa muzokaralar vositasida bunday ehtimolning oldini olişga harakat qilib keldi. 

Fevral oyi boşlarida navbatdagi qurbonlar berilgaç, Turkiya prezidenti ultimatum qöydi: unga köra Suriya armiyasi Idlibni tark etişi kerak, aks holda Turkiya qöşini ularni bu hududdan uloqtirib taşlaydi.

Xalqaro kuzatuvçilar bu keskinlik Idlibda Rossiya va Turkiya örtasida töqnaşuvga olib kelişi mumkinligidan xavfsiray boşlaşdi.

Turk harbiylariga navbatdagi zarba va turklarning javobi

27 fevral kuni keçqurun Yaqin Şarqdan vahimali xabarlar tarqala boşladi. Turkiyaning Suriya bilan çegarasidagi viloyati bölmiş Xatay gubernatori Rahmi Döğan «Suriya rejimi»ning havodan bergan zarbalari oqibatida 34 nafar turkiyalik askar halok bölgani va yana 36 kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilganini ma'lumqildi. Suriya hukumati uşbu hujum böyiça rasmiy izoh bermadi.

Turkiya Asadning Suriya şimolidagi muxoliflarini qöllaydi / AFP

Hodisa vaqtida Suriya osmoni ustida nafaqat hukumat harbiy-havo kuçlari samolyotlari, balki Rossiya harbiy aviatsiyasi samolyotlari ham parvozlarni amalga oşirgan.

Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Umar Çelik Suriya aviazarbalarini NATOga hujum deb atadi va Idlibdagi voqeadan keyin taşkilot bilan maslahatlaşuv ötkazilganini ma'lum qildi. 

«Biz buni birgina Turkiyaga emas, balki jahon hamjamiyatga hujum deb baholaymiz. Biz total munosabatni kutib qolamiz», degan Çelik.

Sabah naşrining yozişiça, M-5 trassasida harakatlangan Turkiya harbiylari konvoyi hujumga uçragan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan xavfsizlik masalalari böyiça şoşilinç yiğiliş ötkazdi. Bi-bi-si muxbiri xabar qilişiça, bu yiğiliş olti soatga yaqin davom etgan. Yiğilişda Suriya qurolli kuçlari endi duşman nişon sifatida qabul qilinişi e'lon qilingan. Şundan söng Turkiya armiyasi Idlibdagi Suriya armiyasiga javob zarbalarni amalga oşirişga kirişdi.

Turkiya prezidenti qoşidagi kommunikatsiya departamenti rahbari Faxriddin Oltinning ma'lum qilişiça, Idlibda turk harbiylari - ham aviatsiya kuçlari, ham quruqlik qöşinlari tomonidan Suriya armiyasining «barça ma'lum pozitsiyalari» böylab javob zarbalari yöllanmoqda.

Turkiya armiyasining harakatlarini muvofiqlaştiriş uçun Suriya bilan çegara hududiga Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Oqar boşçiligida yuqori martabali turk harbiy amaldorlari yöl olgan. U endi Suriyadagi harbiy amaliyotlarga şaxsan boşçilik qiladi.

«Vazir quruqlik qöşinlari qömondoni va harbiy-havo kuçlari qömondoni bilan birgalikda Suriya çegarasi tomon yöl oldi», deyiladi Anadolu agentligi xabarida.

Rossiya nima demoqda?

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, 27 fevral kuni «Hay'at Tahririş Şom» guruhi Bexun punkti yaqinida Suriya armiyasi pozitsiyalariga hujum uyuştirgan. Suriya armiyasi javob zarbalari yöllagan va bu zarbalar «terrorçilar orasida bölgan Turkiya harbiylariga ham tekkan».

Lekin Turkiya tomoni bu hududda Turkiya armiyasi bölinmalari bölmaganini ma'lum qilgan.

RF Mudofaa vazirligi qayd etişiça, turk harbiylari hujumga uçragani töğrisidagi ma'lumotdan keyin Rossiya tomoni öt oçilişini töxtatişni ta'minlaş va jarohatlangan turk harbiylarining Turkiya hududiga evakuatsiya qilinişini ta'minlaş çoralarini körgan.

«Rossiya Harbiy-kosmik aviatsiyasi Bexun hududidagi harakatlarda iştirok etmagan», deyiladi RF Mudofaa vazirligi bayonotida.

Payşanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyani Idlibdagi vaziyatni keskinlaştirmaslik böyiça kelişuvni buzgani haqida ma'lum qildi. Rossiyaning Suriyadagi duşman tomonlarni yaraştiriş markazi rahbari Oleg Juravlyovning sözlariga köra, Anqara «noqonuniy qurolli guruhlarni artilleriya zarbalari va uçuvçisiz uçar qurilmalarining razvedka ma'lumotlari bilan qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda».

19 fevral kuni BMT Xavfsizlik kengaşidagi muhokamalar vaqtida Rossiya Suriya şimolida gumanitar sulh tuziş haqidagi çorlovlarni rad etgandi.

Ötgan yilning dekabridan buyon Idlibda milliondan ortiq kişi boşpanasiz qolgan / Reuters

Belgiya va Germaniya tomonining qon tökilişini töxtatiş zarurligi töğrisidagi bayonotiga javoban, Rossiya maxsus vakili Vasiliy Nebenzya tinçlik örnatilişi uçun Ğarb davlatlari «jangarilarni himoya qilişni töxtatişi kerakligi»ni aytdi. «Terrorçilarni siyosiy himoya ostiga oliş, Suriya hukumatini muzokaralarga majburlaş iş bermaydi», dedi Nebenzya.

AQŞ va NATO reaksiyasi
«Frans press» agentligi xabariga köra, NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Idlibdagi hujumni qoralab çiqqan, u Turkiya Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli bilan telefon orqali muloqot ötkazgan.

Xabar qilinişiça, Stoltenberg «Idlibda doimiy ravişda aviazarbalar yöllab kelayotgan Suriya rejimi va uni qöllab kelayotgan Rossiyani hujumlarni töxtatişga, BMT tomonidan örnatilgan xalqaro huquqlarni hurmat qilişga çaqirgan».

AQŞ Davlat departamentining rasmiy vakili esa şunday degan: «Biz NATO böyiça ittifoqçimiz Turkiyani qöllab-quvvatlaymiz hamda Asad rejimi, Rossiya va Eron tomonidan qöllanayotgan turli tuzilmalarning bu nomunosib hujumlarini zudlik bilan töxtatişga çaqiramiz».

Tahlil: xavf ulkan
Sebastian Aşer, Bi-bi-sining Yaqin Şarq böyiça muxbiri

Sönggi voqealar - yangi va xavfli vaziyat keskinlaşişidir. Ziddiyat Idlibdagi hukumat harbiylari va turk harbiylarining töğridan-töğri töqnaşuviga aylanmoqda.

Ikki tomonda ham sönggi haftalardagi eng ulkan yöqotişlar. Ammo bu qadar köp turk harbiysi halok bölişi juda xavfli vaziyat.

Prezident Erdöğan Başar Asad kuçlariga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaş bilan tahdid solmoqda, agar suriyalik harbiylar yaqin ikki kun içida turklarning kuzatuv postlari atrofidan ketmasa ikki armiya örtasidagi töqnaşuv muqarrar bölib qoladi.

Hozirça amaliyot boşlanib bölgani haqida aniq belgilar yöq. Turkiya avvalgidek suriyalik ayirmaçilarni qöllab-quvvatlaş uçun Suriya şimolidagi harbiylari sonini oşirişda davom etmoqda, ayni vaqtda bu kuçlar Idlibdagi strategik şahar ustidan töla nazoratni qaytariş uçun qarşi hujum boşlagan.

Bu qarama-qarşilik ortidan mintaqada yanada yirikroq ziddiyat yetilib kelmoqda. Turkiya va Rossiya Suriyada ikki duşman tomonni qöllab-quvvatlaydi, ammo sönggi vaqtlarda ular öt oçişni töxtatiş böyiça sulhga erişiş uçun harakat qilib kelişayotgandi.

Endilikda bunday oqilona yondaşuv savol ostida qolmoqda. Rossiya aviatsiyasi Suriya armiyasini faollik bilan qöllab-quvvatlamoqda. Agar hozir Suriya harbiylari Turkiya pozitsiyalarini oçiqçasiga öqqa tuta boşlasa, juda ulkan xavf yuzaga keladi.