Samarqand şahrida «Samarkand half marathon» xayriya yarimmarafoni ilk bor taşkillaştirildi. Unda 23 davlatdan taşrif buyurgan mingdan ortiq sportçilar, Özbekistondagi taşkilotlar xodimlari iştirok etişdi.

Musobaqa Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş fondi taşabbusi bilan ötkazildi.
Islom Karimov köçasida taşkil etilgan oçiliş tadbirida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov çiqiş qilib, musobaqa ahamiyati haqida gapirib, iştirokçilarga muvaffaqiyat tilaşdi.


Xayriya yarimmarafoni 2 km, 10 km va 21,1 km masofalarda ötkazildi. Marafonda sportçilar bilan bir qatorda senatorlar, deputatlar, işbilarmonlar, hokimlik vakillari, jurnalistlar va jismoniy imkoniyati çeklangan insonlar hamda şunçaki sport ixlosmandlari qatnaşişdi. Marafonda iştirok etgan ayollar örtasida eng yoşi uluğ sportçi 72 yoşli Amegulsim Musilmanova, erkaklar örtasida esa 74 yoşli Gelman Qosimov böldi.

Ayollar örtasidagi musobaqada Nurxon Muhiddinova ğolib çiqdi. Erkaklar örtasida esa surxondaryolik sportçi Şohrux Davlatov marraga birinçi keldi.
10 km masofaga ötkazilgan yuguriş musobaqasida qozoğistonlik Dmitriy Ivançukov birinçi, özbekistonlik Yevgeniy Fadeyev ikkinçi, qoğoğistonlik Mixail Krassilov uçinçi böldi.
Ayollar örtasida ham qozoğistonlik sportçi Tatyana Neroznak marrani birinçi bölib kesib ötdi. Özbekistonlik Zarnigor Xudoyberdiyeva va Marina Xmelevskaya sovrindorlar qatoridan joy olişdi.
















