Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus kuchli epidemiyaga aylanganini aytdi
COVID-19 virusining avj olishi pandemiya – ommaviy tusdagi kuchli epidemiyaga aylandi, dedi Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan.
Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 200dan ortiq holat qayd etildi. Germaniya hukumatining inqiroz shtabi tibbiy himoya vositalari eksportini taqiqladi.
Der Spiegel jurnalining yozishicha, u bu haqda bundestag deputatlariga ma'lum qilgan.
"Vaziyat juda tez o‘zgarmoqda. Biz hali kasallikning cho‘qqisiga yetib kelmadik", - degan u.
Shpan shuningdek, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi epidemiyaga qarshi kurashishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini bildirgan.
Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 200dan ortiq holat qayd etildi. Germaniya hukumatining inqiroz shtabi tibbiy himoya vositalari eksportini taqiqladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 92,5 ming kishidan oshgan, 3,1 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:05
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026