9 mart kuni UzAuto Motorsʼning avtomobillar narxini turli maşinalar kesimida 15-20 foiz atrofida oşirişi ortidan uşbu korxonaga nisbatan bölayotgan e'tirozli fikrlar hamon töxtagani yöq.

Bu borada turli OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yozilayotgan köplab tanqidiy çiqişlar hamda UzAuto Motors mahsulotlariga nisbatan boykotga çorlovlarni kuzatiş mumkin.

Kun.uz mavzu yuzasidan turli soha vakillari, ekspertlar fikrini e'lon qilib kelmoqda. Saytning navbatdagi suhbatdoşlari taniqli jurnalist Karim Bahriyev, deputat Doniyor Ğaniyev hamda siyosiy tahlilçi Kamoliddin Rabbimov böldi.

Karim Bahriyev:  «Ahvol şunday davom etsa, yetar endi, deyilişiga qaramasdan, monopolist guruhlar «yana bir yil yo ikki yil onamni emib, özimni tutib olay» deb tamşanadigan gödak kabi tarmaşib turaveradilar»

Foto: Karim Bahriyevning Facebook sahifasidan olindi

Jurnalist Karim Bahriyevga köra, monopolist «GM Uzbekistan» 2017 yilda 135,5 ming dona avtomobil işlab çiqargan. Sohadagi örtaça iş haqi 300 dollar ekvivalentida ekani hisobga olinsa, kompaniyada işga haq tölaş fondi taxminan 100 million dollar ekvivalentga teng.

«Bu sohada 14 000 atrofidagi kişi iş bilan ta'minlangan. Özbekistonda 6-7 million atrofida işsiz bor, Rossiyada 2,5 million yurtdoşimiz işlaydi. 10-15 ming kişi işsiz qoladi deb, bankrot zavodni uşlab turiş kimga kerak?!

Bu zavodning dunyoda 8000 dollar turadigan maşinasini biz özbeklar, 16 000 dollarga xarid qilyapmiz. Taşqaridan maşina kirmagani, «butlovçi qismlar» kirgani uçun davlat budjetiga tölov tuşmaydi. Korxona foyda olsa, aksiyadorlari köradi. U aslida bankrot holatidadir», dedi Bahriyev.