Unda Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari UzAutoMotors avtomobillari narxining oşişiga QQSning ta'siri böyiça izoh berdi.
“Qöşilgan qiymat soliği narxlar oşişiga ta'sir qildi deyilişi unçalik ham töğri emas. Nimaga? Ilgari fuqaro avtotransportni sotib olgandan keyin davlat raqamini olişni rasmiylaştirişda maşina qiymatidan 3 foizlik soliq tölar edi. Mana şu bekor böldi. Mana şu summaga mos ravişda avtomobil sanoatiga bu summa ötkazildi. Şu bilan bir qatorda, maşina işlab çiqariş bilan boğliq aksiz soliği ham bor edi. Aksiz soliği ham bekor qilindi.
Agar QQS maşinaning oşişiga asosiy ta'sir qiluvçi omil sifatida körsatadi desak, nega “Damas”ning narxi 15 foiz emas 20 foizga oşdi-yu, lekin boşqa qimmat maşinalarning narxi oşmadi? Ularda QQS yöqmi? Bu munosabat unçalik ham töğri emas.
Aynan hozirgi holatda QQSning avtomobil narxining oşişiga ta'siri yöq. Çunki QQS imtiyoz bekor qilinişi bilan bir qatorda, 3 foizlik davlat boji bekor qilindi, u avtosanoatga ötkazib berildi, bundan taşqari, maşina işlab çiqariş bilan boğliq aksiz soliği ham bekor qilindi”.
Soliq qömitasi raisi örinbosarining aytişiça, maşina işlab çiqariş bilan boğliq aksiz soliği aksiz soliği 3 foizni taşkil qiladi.
“Korxona 15 foizlik QQS tölayapti, 6 foizi yopildi degani emas. Korxona QQS tölaşda barça 15 foizlik yuk korxonaga tuşmaydi. Korxona işlab çiqariş bilan qilgan xarajatlarda buni hisobga oladi. QQSning umumiy “nagruzkasi” 5-6 foizdan oşmaydi», - deya qöşimça qildi Fazliddin Umarov.








