Olmaliq shahri ham transport vositalari uchun yopildi
Bugun, 27 martdan boshlab Olmaliqqa kirish-chiqish yo‘llari yopilib, shaharda jamoat transporti harakati vaqtinchalik cheklandi.
Olmaliq shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 27 martdan e'tibor shahardagi barcha turdagi jamoat transportlari harakati ham vaqtinchalik cheklangan.
«Olmaliq shahriga faqatgina «Olmaliq-Toshkent» yo‘nalishida kirib-chiqish uchun statsionar post tashkil etilib, ushbu post shaharga yagona kirib-chiqish posti hisoblanlanadi.
Statsionar postda avtotransport vositalarining kirib-chiqish mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, korxona, tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning avtotransport vositalari majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi», – deyiladi xabarda.
Shaharga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bugundan boshlab O‘zbekistonda viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi.
- Avvalroq Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Qarshi, Navoiy, Buxoro va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, Surxondaryo viloyati transport vositalari uchun yopilgandi.
- Koronavirus yuqtirib olgan bemorlar hozirgacha Toshkent shahridan tashqari, Buxoro, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida aniqlangan.