Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi - IIV
O‘zbekistonda 27 martdan viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to‘xtatildi.
«Mamlakatimizda koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini ta'minlash maqsadida, bugun, 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (yengil avtotransport, avtobus, avia va temir yo‘l) uchun to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi. Yuk tashuvchi transport vositalari bundan mustasno.
Yurtdoshlarimizning zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqmasliklari, yashash hududlarini tark etmasliklarini so‘raymiz. Yuqoridagi harakatlarning barchasi respublikamiz hududida ushbu xavfli infeksiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish, har bir fuqaroning salomatligini qat'iy muhofaza qilishga qaratilgan», deyiladi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning Kun.uz’ga taqdim etilgan bayonotida.
- Bungacha Namangan, Andijon, Guliston, Qarshi, Navoiy, Buxoro va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyati transport vositalari kirishi uchun yopilgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026