Birinchi bosqichda ishlagan shifokorlar 25 mln so‘mdan olishdi, yana 4 mingdan ortiq tibbiyot xodimi ishlash istagini bildirgan
O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolash ishlarida qatnashgan shifokorlar 14 kunlik faoliyat davri uchun 25 million so‘m miqdorida rag‘batlantirish to‘lovlarini olishgan. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sonida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy yordam markazi direktori Doniyor Alimov aytib o‘tdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
«Birinchi bosqichda 14 kun ishlagan tibbiyot xodimlariga javob berildi va va'da qilinganidek shifokorlarga 25 mln so‘mdan, hamshiralarga esa 15 mln so‘mdan to‘landi. Boshqa xodimlar ham belgilangan pullarini olishdi.
Ayni shu kunlarda 4 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari shunday murakkab, sinov davrlarida ishlash istagini bildirgan. Shifokorlarimiz tun-u kun ishlashmoqda», degan Doniyor Alimov.
U koronavirusga qarshi kurash tadbirlari doirasida tashkil etilgan «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ kelib tushgani haqida ham ma'lum qilgan.
Prezident qaroriga muvofiq koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:
- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million so‘m;
- boshqa xodimlarga – 5 million so‘m.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m;
koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.
Bundan avvalroq Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Covid-19 bilan kasallanganlarni davolash ishlariga yordam berishni istovchi ko‘ngilli tibbiyot xodimlari hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan shifoxonalarda ishlash uchun asosan yuqumli kasalliklar shifokorlari, virusolog, pulmonolog, reanimatolog, pediatr kabi mutaxassislar va o‘rta tibbiyot xodimlari taklif etilyapti.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021