Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash choralarining ikkinchi paketi tayyorlanmoqda
Kichik va o‘rta biznesga maosh to‘lash va boshqa zarur ehtiyojlar uchun qisqa muddatli maqsadli zayom va kreditlar berish taklif etilmoqda.
Rossiya hukumati koronavirus tarqalishi oqibatlariga qarshi qaratilgan choralarning ikkinchi paketini tayyorlamoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, hukumat quyidagi choralarni ko‘rishni rejalashtirgan:
Regional budjetlarni qo‘llab-quvvatlash. Federal budjetda restrukturizatsiya va budjet kreditlari to‘lovini kechiktirishni taqdim etish hamda regional budjetlarga kompensatsiya berish uchun 171 mlrd rubl zaxira to‘plandi.
Bandlikni qo‘llab-quvvatlash. Kichik va o‘rta biznesga maosh to‘lash va boshqa zarur ehtiyojlar uchun VEB kafolati ostida qisqa muddatli maqsadli zayom va kreditlar berish taklif etilmoqda. Bunga 150 mlrd rubl ajratish rejalashtirilmoqda.
Regionlar va munitsipalitetlarga ijaraga beruvchilar uchun ijara narxini kamaytirish yoki kechiktirish evaziga mulk solig‘ini pasaytirish tavsiya qilinadi. Shu bilan birga, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ijara shartnomasida fors-major holati sifatida ko‘rilishi mumkin.
Eng ko‘p zarar ko‘rayotgan sohalardagi kichik va o‘rta biznes sub'yektlari uy-joy kommunal xizmatlari to‘lovlarini kechiktirgani uchun jarima va penyalarni vaqtincha to‘lamaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qarzdorlik paydo bo‘lganida ularga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatish taqiqlanadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini beruvchi qonunni imzolagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026