Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Yevropadagi koronavirusdan eng ko‘p jabrlangan mamlakatga aylanishi mumkin
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 80 mingga yaqin kishi koronavirus yuqtirgan, qariyb 10 ming kishi vafot etgan.
Buyuk Britaniya koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rgan Yevropa mamlakatiga aylanishi mumkin. Tibbiy-biologik tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi Wellcome Trust xayriya fondi ekspertlari ana shunday deb hisoblamoqda. Bu haqda fond direktori Jyeremi Farrar aytdi.
Britaniya hukumatiga maslahat beruvchi Farrar xatolardan xulosa chiqarishga va testlarni ommaviy ishlab chiqarish hamda qo‘llashga chaqirdi.
Uning fikricha, Buyuk Britaniyani kasallanishning ikkinchi va uchinchi to‘lqinlari kutmoqda. Buni faqat yaratilishiga kamida bir yil talab qilinadigan vaksina yordamidagina yumshatish mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 80 mingga yaqin kishi koronavirus yuqtirgan, qariyb 10 ming kishi vafot etgan. Koronavirusga chalingan mamlakat bosh vaziri Boris Jonson yakshanba kuni tuzalib, kasalxonadan chiqdi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026