Manbada aytilişiça, boş vazir kasalxonadan çiqqaniga qaramay, hali işga kirişmaydi. U şahar taşqarisidagi Çekers qarorgohida şifokorlar nazorati ostida davolanişni davom ettiradi.
«Boş vazir kasalxonadan Çekers qarorgohiga ötkazildi. Şifokorlar tavsiyasiga köra u hozirça işga kirişmaydigan böldi. Boş vazir Sent Tomas kasalxonasidagi hammaga minnatdorçilik bildirib, virus yuqtirganlarning barçasiga salomatlik tilab qoladi», deb Downing Street bayonotidan iqtibos keltirgan Sky News.
Ma'lumot uçun, Boris Jonson özida koronavirus aniqlangani haqida 27 mart kuni tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan va kasallik alomatlari ötib ketavermagaç, 6 aprel kuni Londondagi Sent Tomas kasalxonasiga yotqizilgandi. Uç kun davomida jonlantiriş bölimida davolangan Jonson 10 aprel kuni oddiy palataga ötkazilgandi.
Ayni vaqtda hukumatni taşqi işlar vaziri Dominik Raab vaqtinçalikka boşqarib turibdi.
Avvalroq Jonson hayoti uçun şifokorlardan qarzdor ekani haqida aytib ötgandi.













