«Hunarmandçilik faoliyati töğrisida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
|13:55 / 13.04.202022 09913 min
Hunarmand öz mahsulot va tovarlarini tayyorlaş va sotişda bir vaqtning özida köpi bilan ön nafar şogirdni jalb etişga haqli
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hunarmandçilik faoliyati töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, hunarmandçilik faoliyati – xalqning tarixan qaror topgan, maxsus bilimlar, könikmalar, sir-asrorlar, uslublarga asoslanib, qöl mehnati, asbob-uskunalar va kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalanib, an'anaviy hamda zamon talablaridan kelib çiqqan holda maişiy, uy-rözğor, badiiy buyumlar işlab çiqariş (xizmat körsatiş), tayyorlaş böyiça ijodiy yoki professional faoliyat.
Hunarmandçilik faoliyati sub'yektlari hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullanadigan hunarmand va hunarmandning şogirdidir.
Hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullanadigan şaxs, bu hunarmand sifatida davlat röyxatidan ötib, hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullanadigan jismoniy şaxsdir.
Hunarmand, bu Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasining Ustavida belgilangan tartibda hunarmand maqomiga ega bölib, hunarmandçilik faoliyatini mustaqil ravişda yoki şogirdlari bilan birga amalga oşirayotgan jismoniy şaxsdir.
Şogird (hunarmandning şogirdi), hunarmanddan hunarmandçilik mahsulotlari (işlar, xizmatlar)ni işlab çiqariş faoliyatini örganayotgan jismoniy şaxsdir.
“Usta-şogird” maktabi hunarmand tomonidan şogirdga hunarmandçilik buyumlari yoki tovarlari (işlar, xizmatlar)ni tayyorlaşni örgatişga yönaltirilgan munosabatlar yiğindisidir.
Hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullanadigan şaxs amaldagi qonun hujjatlarida hunarmandga nisbatan örnatilgan qoidalariga muvofiq davlat röyxatidan ötadi, qayta ötkaziladi va uning faoliyati tugatiladi.
Hunarmand Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasining Ustavida belgilangan tartibda röyxatdan ötadi, qayta ötkaziladi va uning faoliyati Uyuşmaning qaroriga asosan tugatilişi mumkin. Hunarmand Uyuşmada röyxatdan ötganligi va qayta ötkazilganligi töğrisida Uyuşma tomonidan belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda mazkur şaxsning hunarmand maqomi va şuğullanadigan hunarmandçilik faoliyati yönalişi körsatiladi.
Hunarmandning faoliyati quyidagi sabablarga köra tugatilişi mumkin:
agarda hunarmandning faoliyati Badiiy kengaş tomonidan körsatilgan yönalişlarga mos emas deb topilsa;
hunarmand bir paytning özida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ham davlat röyxatidan ötişi mumkin.
Hunarmandçilik faoliyati hunarmand tomonidan körsatilgan yönalişlar böyiça amalga oşiriladi, bu davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomada aks ettiriladi.
Hunarmand öz mahsulot va tovarlar (işlar, xizmatlar)ni tayyorlaş va sotişda bir vaqtning özida köpi bilan ön nafar şogirdni jalb etişga haqli.
Binolarni quriş, qayta tiklaş, ta'mirlaş işlarida ustunlik va imtiyozlar milliy uslubdagi bezak, tasvir, naqqoşlik usullaridan foydalanuvçi yoğoç öymakori, koşinkor va ganç öymakorlariga beriladi.
Özbekiston Respublikasida hunarmandçilik faoliyati yönalişlariga quyidagilar kiradi:
Ganç öymakorligi – qandillar, devor şamdonlari, közgu, naqşlar, stalaktitlar, muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykallar, yodgorliklar, panno; interer, şift, devor bezaklari va asoslari; qoliplardan, qoriştiriş, quritiş uskunalaridan, kesiş va öyiş asboblaridan foydalanilgan holda gançdan yasalgan arxitektura va quriliş elementlari; interer va fasadlar hamda boşqa amaliy bezak mahsulotlari;
Gilamçilik – gilamçilik dastgohi, kesuvçi, qiruvçi, tarovçi va ip yigiruvçi asbob-uskunalar va kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda ipak, paxta, jun hamda boşqa iplardan qölda gilam töqiş texnologiyasi asosida tayyorlangan mahsulotlar - gilam, palos, şolça, xurjun, joynamoz, ötov uçun qurlar;
Gazlamaçilik – ip yigiriş moslamasi (apparati), gazlama töqiş dastgohi (stanogi), kesuvçi, tarovçi, tekislovçi asbob-uskunalardan foydalangan holda tabiiy ipak, paxta, jun va boşqa iplardan mato töqiş texnikasi asosida töqilgan atlas, adras, beqasam, olaça, janda, şoyi, baxmal va boşqa milliy matolar;
Toş öymakorligi – toş kesuvçi va öyuvçi, çizuvçi barça turdagi kiçik mexanizatsiya vositalari va asbob-anjomlari yordamida toşdan tayyorlangan esdalik buyumlari, mayda plastika, qutiça, yozuv anjomlari, şamdon, turli hajmdagi panno, relef va kontrrelef, barelef, geroldika va ramzlar, toşni pardozlaş yöli bilan tayyorlangan bezak buyumlari, yodgorliklar, arxitektura va quriliş elementlari, uy-rözğor buyumlari;
Miniatyura, tasviriy san'at, naqqoşlik, xattotlik va abru bahor – lok miniatyurasi texnikasida tayyorlangan buyumlar: qutiça, lagan, panno, mebel, suratlar; devor, qoğoz, mato, teri, pape-maşe, yoğoç, qovoq, karton, suyak va emalga işlangan naqşlar, tasviriy san'at, naqqoşlik va miniatyura asarlari; batik, bezak buyumlari, taqinçoqlar, ğiloflar; abru bahor san'ati usulida işlangan asarlar; xattotlik uslubida tayyorlangan qölyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy san'at asarlari, risolalar va boşqa hunarmandçilik buyumlari; sahhoflik (kitobot), kitob va hujjatlarning muqovalarini tayyorlaş va ta'mirlaş, qoğoz varaqlarini muqovalaş va tikiş, an'anaviy usulda tabiiy qoğoz işlab çiqariş;
Kandakorlik – kesuvçi, qiruvçi, qizdiruvçi-erituvçi, eguvçi, payvandlovçi uskunalar va öyiş-çiziş asbob-anjomlari yordamida mis, latun, alyuminiydan yasalgan buyumlar (çoynak, qumğon, lagan, guldon), şuningdek, bezaş va amaliy maqsadlar uçun möljallagan boşqa buyumlar, uy-rözğor buyumlari, oşxona anjomlari, xöjalik mollari, arxitektura elementlarini tayyorlaş;
Temirçilik – qölda va kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalanib turli metallardan yasalgan buyumlar: eşik, darvoza, panjara, deraza va eşik tutqiçlari, ilgak, qönğiroq, zanjir, şamdon, ketmon, teşa, bolta, xaskaş, panşaxa, uy-rözğor buyumlari, mehnat qurollari, omoç, barça turdagi milliy qiliç, xanjar va piçoqlar, ommaviy işlab çiqarilmaydigan metall buyumlar, kalit, badiiy bezak buyumlari, peçka va kaminlar, şu jumladan ular uçun havo söriş qurilmalari yasaş;
Tunukasozlik – qölda va kiçik mexanizatsiya vositalaridan guldor va jimjimador tarnov va quvurlar, oşxona anjomlari (oşpiçoq, kapkir, çömiç, çovli, elak, mantiqasqon va boşqalar), uy-rözğor buyumlari (kiyim va parda ilgiçlar, qöl yuvgiç, tutqiç, soyabonlar) va boşqa qölda yasalgan tunuka buyumlari;
Kosibçilik – qöl mehnati va kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda çarm va boşqa materiallardan milliy poyabzal, maxsi va kovuşlar, etiklar, sandallar, şippaklar, tuflilar tayyorlaş;
Milliy liboslar tayyorlaş – qölda va kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda tön, yaktak, nimça, bolalar, ayollar va erkaklar töy, marosim milliy liboslari hamda boşqa milliy kiyimlar tayyorlaş;
Boş kiyimlar tayyorlaş – qölda va kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda turli materiallar (teri, möyna, qoraköl, tabiiy va sun'iy matolar)dan ayollar, erkaklar, bolalar boş kiyimlari tayyorlaş va tikiş, telpakdözlik;
Tikuvçilik – qölda va mexanizatsiya vositalaridan foydalanib turli xil matolardan tayyorlangan buyumlar: milliy körpa va körpaçalar, yostiq, belboğ, jiyak, sumka, tasma, ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, uy-rözğor buyumlari, parda, dasturxon va boşqa çokli hunarmandçilik mahsulotlari, quroqdözlik mahsulotlari;
Kaştadözlik – qölda yoki maşinkada igna va bigiz bilan - kesuvçi va qirquvçi asbob-anjomlar yordamida tayyorlangan milliy kaştaçilik buyumlari, liboslar, pannolar, uy-rözğor mahsulotlari va dekorativ bezak buyumlari;
Zardözlik – qölda yoki maşinkada igna, kesuvçi va qirquvçi asbob-anjomlar yordamida turli xil matolarga metall iplardan foydalangan holda zardözlik uslubida (uy-rözğor, xöjalik buyumlari, interer bezaklari, oyoq va boş kiyimlar va turli xil liboslar, panno, portret, parda, tumor, ğilof kabi) tayyorlangan barça hunarmandçilik mahsulotlari;
Musiqa asboblari – qöl mehnati va kiçik mexanizatsiya vositalari yordamida yaratilgan barça turdagi (doira, dutor, tanbur, tor, rubob, noğora, nay, ğijjak, sato, çang, karnay, surnay, ud va boşqa) milliy musiqa asboblari;
Kulollik – loydan sopol buyumlar (uy-rözğor buyumlari, suvenir va esdalik buyumlar, tandirlar) tayyorlaş, interer dizayni uçun çiroq, qandil va boşqa şunga öxşaş buyumlar tayyorlaş, koşinçilik, devor va şift mozaikalari, tabiiy va sun'iy materiallardan mozaika pannolari tayyorlaş, landşaft dizayni va akvariumlar uçun turli bezakli sopol buyumlar, arxitektura-bezak elementlari tayyorlaş; sopol buyumlarni naqş va trafaret bilan bezaş:
Çinnisozlik – çinni-fayans buyumlari (uy-rözğor buyumlari, suvenir va esdalik buyumlari) tayyorlaş, interer dizayni uçun çiroqlar, qandillar va boşqa buyumlar tayyorlaş, koşinçilik, devor va şift mozaikalari, tabiiy va sun'iy materiallardan mozaika pannolari tayyorlaş, landşaft dizayni va akvariumlar uçun turli bezak buyumlar, arxitektura-bezak elementlari tayyorlaş; çinni-fayans buyumlarni naqş va trafaret bilan bezaş;
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari – qonunçilikka muvofiq tamğalanişi şart bölgan probali oltin, kumuş, platina va platina guruhidagi metallardan ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar;
Öyinçoqlar – qölda yoki kiçik mexanizatsiya vositalaridan yoğoç, metall, gips, mato, sopol va boşqa materiallardan işlab çiqarişdan taşqari şaroitda yasalgan öyinçoqlar, qöğirçoqlar;
Mayda haykaltaroşlik buyumlari – tabiiy va sun'iy materiallar (gips, şamot, mis, bronza, alyuminiy, suyak, yoğoç, toş, sopol, çinni, fayans, va boşqalar)dan yasalgan barça turdagi haykaltaroşlik buyumlari;
Çarmsozlik – an'anaviy usulda terini oşlaş, qayta işlaş; qölda yoki kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda tabiiy va sun'iy çarm, qoraköl teri va boşqa tabiiy möynalardan liboslar tayyorlaş, egar-jabduq va ot anjomlari, arqon, belboğ, qayiş, sumka, hamyonlar;
Mualliflik mebellari – qölda yoki kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda turli mahsulotlardan tayyorlangan mebel, sandiq, stol-stul, xontaxta, söri (krovat), amaliy-bezak san'ati predmetlariga kiradigan mebel töplamlari va alohida qismlari;
Duradgorlik – yoğoçdan tayyorlangan xalq hunarmandçiligi mahsulotlari, qölda yoki kiçik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda oşxona anjomlari (öqlov, tuzdon, non quti, juva, keli, oştaxta, nonpar (çakiç)), yoğoç, faner va laminatdan tayyorlangan turli hunarmandçilik mahsulotlari, belançak, bolalar aravaçasi, beşik va uning anjomlari, xontaxta, sandiq, javon, eşik, rom, bezakli reykalar, surat uçun romlar (baget), duradgorlik uskunasida tayyorlangan har xil şaklli hunarmandçilik mahsulotlari, yoğoçli şaxmat taxtasi va donasi, panno, boşqa buyumlar;
Novdalardan buyumlar töqiş, savatsozlik – kesuvçi, qirquvçi iş anjomlari yordamida qölda turli xil iplar va yopiştiriş anjomlari (kleylar) yordamida ösimlik (qamiş, tol, poxol, tok va boşqa har xil daraxtlar, butalar, ösimliklar) novdalari, turli metall va yelim iplardan töqilgan buyumlar, uy-rözğor buyumlari hamda xöjalik mollari, suvenir mahsulotlari, mebel, savat, supurgilar;
Şişasozlik – şişaga badiiy işlov beriş, bezak va suvenir mahsulotlari tayyorlaş, şişa puflaş işlari, badiiy puflaş asosida işlangan bra, mayda plastiklar, esdalik buyumlari, taqinçoqlar, uy-rözğor buyumlari, közgu va közgu sirtlari tayyorlaş, şişa, smalta va boşqa materiallardan tayyorlangan vitrajlar;
Hajmli va şaklli qoliplarda quyilgan buyumlar – tabiiy va sun'iy materiallardan quyma uslubda işlangan buyumlar, şuningdek, mis, bronza, çöyan, alyuminiydan qölda quyma uslubda işlangan mahsulotlar);
Soatsozlik – devorga osiladigan eksklyuziv, polda turadigan, kamin va qöl soatlari tayyorlaş, soat mexanizmlarini ta'mirlaş;
Emallaş işlari – emal qoplamali buyumlarni tayyorlaş, emal qoplamalarini ta'mirlaş va tiklaş;
Esdalik buyumlari – turli tabiiy va sun'iy materiallardan har xil hajmda va rangda tayyorlangan esdalik va sovğa buyumlari; kamar, nişon, tasbeh, guldasta, floristika, ikebana, turli materiallardan guldastalar tayyorlaş; suyakdan yasalgan esdalik sovğabop buyumlari, mayda haykalçalar, netske, qutiça, piçoq, qiliç, xanjar soplari, bezak bergan holda tayyorlangan boşqa amaliy bezak mahsulotlari;
Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan taqinçoqlar – oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barça taqinçoqlar, tumor, zirak, zebigardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqoş, soç bezaklari, töğnoğiçlar va boşqalar;
Matoga gul bosiş – çitgarlik, turli matolarga öyma yoğoç qolip yordamida gul bosiş, gazlamalar va kiyim-boş predmetlarini qölda böyaş, andoza (trafaret, şelkografiya) yordamida gul, naqş va tasvir bosiş;
Kigiz bosiş – turli tabiiy junlardan an'anaviy texnologiyalar asosida qöl mehnati yordamida kigiz bosiş, turli matolar va ipak yordamida kigiz mahsulotlariga bezak beriş, liboslar, oyoq kiyimlar, boş kiyimlar, uy-rözğor va interer buyumlari, gilam, panno, öyinçoqlar tayyorlaş.
Sanab ötilgan hunarmandçilikning asosiy yönalişlari böyiça mahsulotlarni tamirlaş va xizmat körsatiş işlari hunarmandçilik faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi.