Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda ayrim hollarda xavfli turdagi pirotexnika buyumlaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston hududida pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan ayrim pirotexnika buyumlarini, xususan, xavfli hududi kichik bo‘lgan Bengal mayoqchalari, dasturxonni va tortlarni bezashda ishlatiladigan turli effektlar beruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yaratish, ishlab chiqarish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, realizatsiya qilish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanishga oid amaldagi tartib saqlab qolinmoqda.
Qolgan xavfli turdagi pirotexnika buyumlarini esa faqatgina texnik va maxsus maqsadlarda yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berish ko‘zda tutilyapti.
Qonun loyihasi pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida nazoratni kuchaytirish va ta’sir choralarining samaradorligini oshirish, shuningdek sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda maxsus moslashtirilmagan sharoitlarda, noma’lum, sifatsiz komponentlardan ishlab chiqarilgan va sertifikatlanmagan, respublika hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan pirotexnika buyumlaridan aholining jabrlanishi va zarar ko‘rishi holatlarini bartaraf etishga qaratilgan.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026