Rossiyalik siyosatçi, prezidentlikka sobiq nomzod Boris Nadejdin va uning safdoşlari Davlat dumasi binosi yaqinida piket ötkazdi. Ular internetda «ekstremistik materiallarni qidirganlik» uçun jarimani nazarda tutuvçi qonunga qarşi çiqdi. «Ostorojno, novosti» Telegram-kanaliga köra, politsiya uç kişini qölga olgan, ulardan ikki nafari jurnalist.

Uşlanganlar orasida siyosiy strateg va Nadejdinning saylovoldi ştabi sobiq rahbari Dmitriy Kisiyev ham bor. U uşlab olgan plakatda şunday yozilgan edi: «Senzurasiz Rossiya uçun. Oruell qöllanma emas, antiutopiyani yozgan».

DW naşriga bergan izohida Nadejdin bu Kisiyevning yakka piketi ekanligini ta’kidladi. «Keyin tösatdan qandaydir provokatorlar kelib, Dmitriyni töğridan töğri haqorat qildi. Men ular bilan janjallaşib qoldim. Va öşa paytda politsiyaçilar Dimaning qöllarini juda qattiq burdi va uni avtozakka olib ketdi», — deydi siyosatçi.

Prezidentlikka sobiq nomzodning sözlariga köra, yangi qonun loyihasini qöllab-quvvatlagan rossiyalik deputatlar «Oruellga köra iş tutmoqda» (Jorj Oruell 20-asrda yaşagan britan yozuvçisi, «1984» antiutopiya romani muallifi). «Birinçi bosqiç — ba’zi saytlarni taqiqlaş. Ikkinçi bosqiç esa odamlarga u yerda biror narsa qidirişni taqiqlaş. Bu deyarli fikrlaş jinoyatidir », dedi Nadejdin DW naşriga.