Mutaxassislar allaqachon koronavirus qachon to‘xtatishini va iqtisodiy tanazzuldan birinchi bo‘lib qaysi davlatlar chiqishini taxmin qila boshlashdi.

Covid-19 pandemiyasi global iqtisodiyotga oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada ta'sir ko‘rsatdi.

Turli davlatlar iqtisodiyot va bozorlarni barqarorlashtirish uchun eng jiddiy choralar, jumladan, moliyaviy aralashuv yo‘li bilan infeksiyaga qarshi kurashishga harakat qilmoqda.

Virus ustidan g‘alaba hali qozonilmagan bo‘lsa-da, aksariyat mamlakatlar uchun sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarni hal qilish va hech bo‘lmaganda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish ustuvor maqsadlar qilib belgilanmoqda.

Ularning taxminlarini yaxshiroq tushunish uchun FM Global sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuzilgan «Iqtisodiy xavfsizlik indeksi-2019»ga ko‘z tashlash kerak.

Ushbu indeks reytingidan turmush darajasi, ishbilarmonlik muhiti va tiklanish imkoniyatlari hisob-kitob qilingan 130ta davlat joy olgan. Bundan tashqari, reyting siyosiy barqarorlik, korporativ boshqaruv muvaffaqiyati, risklarning yuzaga kelish shartlari, savdo zanjirlarining murakkab logistika mexanizmlari va ishbilarmonlik muhitining shaffofligi kabi omillarga asoslanib tuzilgan.

Mamlakatlarning pandemiyaga qarshi dastlabki harakatlari bilan reytingini taqqoslab, inqiroz davrida iqtisodiy barqarorlikni yuqori darajada saqlab qolish ehtimoli bo‘lgan davlatlar aniqlandi.

Shundan so‘ng reytingda yuqori o‘rinlarni olgan mamlakatlarning aholisi va mutaxassislar bilan vaziyatni qay tariqa ijobiy hal qilish mumkinligi va yaqin kelajakdan nimani kutayotganliklarini bilish uchun suhbatlashildi.

Daniya

Tadqiqotlariga ko‘ra, koronavirus tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan Daniya birinchilardan bo‘lib chiqib ketadi.

Ushbu mamlakat ta'minot tizimini nazorat qilishning yuqori ko‘rsatkichlari va hukumatda korrupsiya darajasining pastligi tufayli «Iqtisodiy xavfsizlik indeksi-2019»da ikkinchi o‘rinni egalladi.

Covid-19 pandemiyasi boshlanganda, Daniya hukumati qat'iyat bilan harakat qildi va tezda ijtimoiy masofani joriy qildi. 11 mart kuni maktablar va ikkinchi darajali mahsulotlar ishlab chiqaradigan turli korxonalar yopildi. 14 mart kuni esa koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati uncha ko‘p bo‘lmasa ham, barcha chet elliklar uchun mamlakatga kirish taqiqlandi.