Jahon | 17:12 / 16.04.2020
5746
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada 22 martdan beri ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi

Chexiyada koronavirusga chalingan dastlabki uch bemor 1 martda qayd etilgandi. Ularning barchasi Italiya safaridan qaytganlar bo‘lgan.

Foto: REUTERS/David W Cerny

O‘tgan sutkada Chexiyada koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi, bu 22 martdan buyon ilk marta yuz berdi, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

"Chorshanba kuni Chexiyada koronavirusga chalinishdan hech kim vafot etmadi. Bu 22 martda 95 yoshli bemor vafoti ilk bor qayd etilganidan buyon yuz bergan dastlabki holatdir", - deyiladi xabarda.

Chexiyada koronavirusga chalingan dastlabki uch bemor 1 martda qayd etilgandi. Ularning barchasi Italiya safaridan qaytganlar bo‘lgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Chexiyada 6303 kishi kasallikka chalingan, 166 kishi vafot etgan.

Mamlakat hukumati seshanba kuni 12 martda e'lon qilingan karantin choralarini asta-sekin yumshatish rejasini ma'qulladi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid