Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga koronavirusni aniqlash uchun test o‘tkazishga ruxsat beriladi
O‘zbekistondagi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2020 yil 1 sentyabrgacha koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat beriladi.
Bunda belgilangan barcha talablarga rioya qilish va hududiy sanitariya epidemiologik osoyishtaligi markazlari bilan shartnoma imzolash lozim.
Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma'lum qilindi.
Ma'lumot uchun, hozirga qadar koronavirus tahlillari O‘zbekistondagi 16ta virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazib kelinmoqda.
Respublikada yuz mingdan ortiq kishi koronavirusga tekshirilgan. 19 aprel kuni yaqin vaqt ichida yana 400 mingga yaqin test o‘tkazish va koronavirusga tekshirilganlarning jami sonini yarim million nafarga yetkazish rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, xususiy shifoxonalarga ham koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun 2020 yil 1 sentyabrga qadar ruxsat berilgan edi. Bunday tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuziladi. Xarajatlar Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
15:25 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
12:12 / 07.04.2023
Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan – manba
16:04 / 03.06.2021
Nodavlat tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilish tartibi o‘zgardi
23:06 / 16.08.2020