Özbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan uçraşuvida xususiy ta’lim va xususiy tibbiyot böyiça yangiliklarni aytib ötdi.

Ta’limda xususiy sektor uçun keng yöl oçib berilgani hisobiga oxirgi 8 yilda xususiy boğçalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetdi.

Endilikda boğça qamrovi 70-80 foizdan past bölgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Avvalo, bu tumanlardagi boğça va maktablarni böş yerlarida xususiy şeriklik asosida boğça qurişga ruxsat beriladi.

Bunda tadbirkorlardan yer uçun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi, ularga davlat boğçasida har bir bolaga közda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.

Uşbu tumanlardagi boşqa joylarda boğça taşkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard sömgaça 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini özgartirmaslik şarti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz böladi, tarbiyaçilarining maoşi uç yilgaça tölab beriladi.

Xususiy tibbiyotda töplangan ulkan tajriba, yangi texnologiyalar, malakali kadrlar tadbirkorlar uçun bu soha jozibadorligini oşirib, sifatni yaxşilaşga turtki bermoqda. Buni 7 yilda xususiy klinikalar 3,5 mingdan 8,5 mingtaga köpayganida ham köriş mumkin.

“Sizlar bilan birga Özbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiyot xabiga aylantirişimizga işonaman. Buning uçun yana qanday şaroit kerak bölsa, barçasini qilib berişga tayyorman”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Çegara hududlarda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni öz içiga olgan tibbiyot klasterlari taşkil qilinadi.

Ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş uçun 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi oçiladi. Bunda tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foizli arzon kreditlar beriladi.