Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil may oyidagi «Soğliqni saqlaş sohasini kompleks rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga köra, 2021 yil 1 iyuldan boşlab iş staji beş yil bölmagan oliy ma'lumotli tibbiyot xodimlarini nodavlat tibbiyot taşkilotlariga işga qabul qiliş bilan boğliq talablar davlat tibbiyot muassasalariga tenglaştiriladi.

Mazkur qarorning uşbu bandiga oydinlik kiritiş maqsadida SSV Matbuot xizmati vazirlikning Lisenziyalaş va akkreditatsiyalaş boşqarmasi boşliği Farhod Rahimqulovga murojaat qildi.
«Bu qarorning nodavlat tibbiyot taşkilotlariga işga qabul qiliş bilan boğliq 12-bandi tibbiyot sohasida kadrlar bandligini ta'minlaş va tibbiyot oliy öquv yurtlari bitiruvçilarining mehnat bozoridagi tanlov imkoniyatini oşiriş böyiça katta qadam böldi. Avval nodavlat tibbiyot muassasalariga işga kiriş uçun şifokorda malaka toifasi bölişi talab etilardi. Buning uçun kamida 5 yil tibbiy faoliyat bilan şuğullaniş lozim edi. Bundan öz-özidan körinadiki, oliy öquv yurtini endi tugatgan yoş mutaxassis xususiy şifoxonada iş boşlay olmasdi. Davlat tibbiyot muassasalarining ştatlar imkoniyati ham barça bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaşda qiyinçilik tuğdirar edi.
2021 yil 1 iyuldan uşbu murakkabliklarga çek qöyiladigan böldi. Ya'ni nodavlat tibbiyot muassasasi biror yoş mutaxassisning bilim va malakasiga işonç bildirib, uni iş bilan ta'minlamoqçi bölsa, ulardan malaka toifasi talab qilinmaydi. Mutaxassis iş boşlaganidan söng, vaqti kelganida şu iş joyida işlab turib ham malaka toifasini olişi mumkin. Xullas, endi tibbiyot muassasasining mulkçilik şakli yoş mutaxassislarni işga qabul qilişga tösiq böla olmaydi», deydi mutaxassis.
Ma'lumot uçun, prezidentning 2017 yil 1 apreldagi «Soğliqni saqlaş tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan, xususiy tibbiyot taşkilotlari qariyib 130 yönalişdagi tibbiy ixtisosliklar böyiça litsenziya olişlariga imkon yaratildi. Bundan avval ular atigi 50 turdagi tibbiy xizmat körsatiş huquqiga ega edi.
Ayni paytda mamlakatda 6,5 mingdan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat körsatmoqda.
Şuningdek, «Soğliqni saqlaş sohasini kompleks rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarorida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatiga nodavlat tibbiyot taşkilotlari faoliyatini taşkil etişda bino va inşootlarga belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlardan kelib çiqib, qayta körib çiqiş belgilandi.











