Bloger Farhod Mannopovning ölimi yuzasidan Star Med Center klinikasida ötkazilgan tekşiruv natijalari ma’lum bölgan. Bu haqda Yuz.uz naşri Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatişda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan yagona Nizomda belgilab berilgan bir qator litsenziya talab va şartlari buzilgan. Xususan, Farhod Mannopov operatsiya qilingan Star Med Center klinikasida bemorga anestiziolog va reanimatolog sifatida xizmat körsatgan şifokor J.Q.da malakaviy toifa bölmagan. Anestiziolog va reanimatolog şifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovçi amaldagi hujjat taqdim etilmagan.
Farhod Mannopovning plastik jarroh şifokori ham yetarli tajribaga ega emas bölib çiqqan. Unga operatsiya vaqtida plastik jarroh şifokori sifatida xizmat körsatgan şifokor E.A. Andijon davlat meditsina institutining davolaş işi, umumiy amaliyot şifokori yönalişini 2019 yil 17 iyunda tugatgan.
Mazkur mutaxassisning iş staji beş yil bölmaganligi uçun undan davolaş işi, umumiy amaliyot şifokori yönalişida tibbiy faoliyat yuritişi, şuningdek, plastik jarrohlik böyiça ambulator şaroitda bemorlarga tibbiy xizmat körsatişi uçun malaka toifasiga ega bölişi talab etilmagan. Biroq u bemor Mannopovga tibbiy xizmat körsatişi uçun kamida birinçi malakaviy toifaga ega bölişi kerak bölgan. Lekin “OMAD PLYUS” MÇJ tomonidan plastik jarroh şifokori E.A.da malakaviy toifasi bölmagan bir vaziyatda bemorga tibbiy xizmat körsatişiga yöl qöyilgan.
Bundan taşqari, boş va burun sohasidan jiddiy jarohat olgan blogerga tibbiy xizmat körsatgan laborant şifokor J.Ş. hamda ultratovuş tekşiruvlari şifokori R.S.ning özlari faoliyat yuritayotgan tibbiy ixtisosliklar böyiça malakaviy toifalarini tasdiqlovçi amaldagi hujjatlar tekşiruvda taqdim etilmagan.
Boş prokuratura matbuot xizmati Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farxod Mannapovning ölimi bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilayotgani töğrisida xabar berdi.
Tergov davomida jarrohlik amaliyotini ötkazgan klinika şifokorlari, anesteziolog hamda marhumning tanişlari, şuningdek, jami 15 nafar şaxs guvoh tariqasida söroq qilingan.
Şu bilan birga, jinoyat işi böyiça Soğliqni saqlaş vazirligiga tayinlangan xizmat tekşiruvi xulosasi olinib, jinoyat işi hujjatlariga qöşilgan.








