Jahon | 21:07 / 23.04.2020
3090
1 daqiqa o‘qiladi

Madridda barcha bayramlar noyabrgacha bekor qilindi

Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 213 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 22 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Eng og‘ir vaziyat Madridda – bu yerda kasallanganlar soni 60 mingdan ortiq, 7,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: AP

Madrid meriyasi noyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha bayramlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu haqda shahar vitse-meri Begonya Vilyasis ma'lum qildi. Tejalgan pullar – 4,1 million yevro ijtimoiy yordam uchun sarflanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir epidemiologik vaziyat sababli shu qarorga kelingan. 

Ispaniya hozirda koronavirus qurbonlari bo‘yicha dunyoda uchinchi (AQSh va Italiyadan keyin) va kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha  ikkinchi o‘rinda (AQShdan keyin) turibdi. Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 213 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 22 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Eng og‘ir vaziyat Madridda – bu yerda kasallanganlar soni 60 mingdan ortiq, 7,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid