«Google classroom orqali dars ötyapmiz»

– Men – Maqsadbek Fayzullayev – Toşkent şahrida joylaşgan Prezident maktabining 9-sinf öquvçisiman.

Maqsadbek Fayzullayev

Odatda, Prezident maktablari öquvçilari maktabning özidagi yotoqxonada yaşaydilar. Bu esa bizdan kun davomida ma'lum tartib-qoidalarga amal qilişni talab qiladi.

Maktabda har kuni erta turib, badantarbiya qilgan bölsak, hozir uyda ham şu tartibga amal qilişga harakat qilyapman.

Hozir karantin bölgani sababli ustozlarimiz darslarni onlayn –Google classroom orqali ötişyapti.

Maktabda dars boşlaniş vaqtiga kompyuter yoniga ötiraman va Google classroom orqali odatiy dars jadvali asosida fanlarimiz ötiladi.

Sahifaga ustozlar öquvçilar uçun mavzuni tuşuntirib beruvçi taqdimot, video va ma'lumotlar joylaydi. Dars vaqti söngida uyga vazifa uçun topşiriqlar yuboriladi.

Bizda asosiy fanlar – biologiya, matematika, fizika, informatika kabi fanlar töliq ingliz tilida ötiladi. Bu menga köproq izlanişim kerakligini körsatadi.

Darslar tugagaç, ijtimoiy tarmoqlardagi turli intellektual sohaga yönalgan guruhlarni, kanallarni ham kuzatyapman: savollarga javob topişda faol bölişga harakat qilaman. «Zakovat» intellektual öyinlarida qatnaşyapman.

Şundan söng kitob öqiş uçun alohida bir yarim soat vaqt ajrataman. Keçki payt esa, albatta, hujjatli film tomoşa qilaman yoki özim qiziqqan mavzularda videoqöllanmalardan kerakli bilimlarni olişga harakat qilaman.

Maktabda dars qilganda baribir iştiyoq yuqori böladi, çunki öqituvçilar ham doim kömak berib turişadi. Lekin mustaqil tarzda ham dars qiliş va qat'iy kun tartibiga amal qiliş ham mumkin.

Guliston davlat universiteti pedagogika-psixologiya yönalişi 3-bosqiç talabasi Ismoil Mamadjonov:

Ismoil Mamadjonov

– Men ayni paytda talabaman. Boşqalar qatori masofaviy tarzda ta'lim olyapman. Menimça, ayni vaziyat yoşlarning öz ustida işlaşi uçun qöşimça vaqt yaratib berdi. Çunki biror narsa örganişni xohlaganlarning hozir yetarliça vaqti bor.