Jahon | 20:13 / 24.04.2020
5939
2 daqiqa o‘qiladi

Kambodjada 12 kundan buyon koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmadi

Kambodjada epidemiya boshlanganidan beri 122 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, kasallik yuqtirish bilan bog‘liq oxirgi holat 12 aprelda qayd etilgan. Kasallikka chalinganlarning 110 nafari to‘liq sog‘aygan, o‘lim holatlari yuz bermagan.

Kambodja bosh vaziri Xun Sen mamlakatda 12 kundan buyon koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagani xotirjamlikka asos bo‘lmasligini, aholi epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilishi kerakligini bildirdi.

"Koronavirusning xavfliligini jiddiy baholashga chaqiraman. Bu borada mamlakatda har doim hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylamang", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

U mamlakat poytaxti Pnompen ko‘chalarida yana avtomobillar tirbandligi paydo bo‘lganini qayd etdi.

Xun Sen niqob taqish va dezinfeksiya vositalaridan foydalanish kasallik yuqtirishdan eng zarur himoya ekanligini eslatib o‘tdi. 

"Zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang. Zarur hollarda uydan faqat bir kishi chiqsin. O‘zingizni va boshqalarni xavf ostiga qo‘ymang!", - deb yozdi u.

Kambodjada epidemiya boshlanganidan beri 122 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, kasallik yuqtirish bilan bog‘liq oxirgi holat 12 aprelda qayd etilgan. Kasallikka chalinganlarning 110 nafari to‘liq sog‘aygan, o‘lim holatlari yuz bermagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid