Tailand va Kambodja örtasidagi çegara mojarosining yangi keskinlaşuvi davomida Tailand armiyasi qöşni mamlakatning bir neça mintaqasida joylaşgan “harbiy obektlar”ga havo zarbalari berdi. Armiya rasmiysi Vintay Suvarining duşanba, 8 dekabr kuni ma’lum qilişiça, zarbalar harbiy infratuzilma, qurol-aslaha omborlari, boşqaruv punktlari va logistika yönalişlariga qaratilgan.

Uning sözlariga köra, zarbalar şu kunning özida Kambodja harbiylari tomonidan Tailandning Ubonratçatxani provinsiyasida tay qöşinlari öqqa tutilganidan söng amalga oşirilgan. Hujum natijasida Tailand qirollik armiyasining bir harbiy xizmatçisi halok böldi, yana tört kişi yaralandi.

Bundan taşqari, Tailand çegaraga yaqin törtta tumandan 385 mingdan ortiq tinç aholini evakuatsiya qilmoqda, ulardan 35 mingdan ziyodi allaqaçon vaqtinçalik boşpana maskanlariga joylaştirilgan.

Öz navbatida Kambodja Tailand armiyasini Preax-Vixear va Oddarmeantey çegara provinsiyalarida uning qöşinlariga hujum qilişda aybladi. Kambodja mudofaa vazirligi vakilining aytişiça, tay harbiylari tanklardan foydalanib ibodatxonalarni ham öqqa tutgan, şu bilan birga Kambodja javob öti oçmagan.

Tailand va Kambodja umumiy uzunligi 800 kilometrdan ortiq çegara böyiça munozarani yuz yildan ortiq vaqtdan beri olib bormoqda. Köp yillik nizoning markazida — Preaxvixea hindu ibodatxona majmuasi va Tailand, Kambodja hamda Laos çegaralari tutaşgan hududda joylaşgan, “Yaşil uçburçak” deb ataluvçi yerlar turibdi. Mojaro koloniyaviy davrdan meros bölib qolgan çegarani noaniq belgilaş bilan boğliq.

Tailand va Kambodja örtasidagi çegara mojarosining avvalgi keskinlaşuvi yozda yuz bergan edi. Dastlab öt oçişlar asosan çegaraning şimoliy qismida, Tailandning Janubiy Xitoy dengizi qirğoğida joylaşgan maşhur dengiz kurortlari va sohillari hududidan ança uzoqda davom etgan. Keyin janglar ommabop dengiz kurorti Pattayyaga yaqinlaşdi. Beş kun davom etgan harbiy töqnaşuvlar natijasida kamida 43 kişi halok böldi, 300 mingga yaqin kişi qoçqinga aylandi.

Otaşkesimga erişişga, boşqalar qatorida, AQŞ prezidenti Donald Tramp ham tomonlarni çaqirgan edi. Ötgan yil oktyabr oyi oxirida Tailand va Kambodja AQŞ vositaçiligida uzoq muddatli tinçlikni ta’minlaşga qaratilgan bitimni imzolagandi. Tailand bir oyça muqaddam, armiya çegara yaqinida mina portlaşi oqibatida ikki tay harbiysi yaralangani haqida xabar berganidan söng, uşbu tinçlik kelişuvini amalga oşirişni töxtatib qöydi.