AQŞ prezidenti Donald Tramp Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga keldi. Bu uning Osiyo mamlakatlari böylab bir haftalik turnesidagi birinçi manzil bölib, safar davomida u mintaqadagi ikki taşkilot – ASEAN’ning (Janubiy-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi) Malayziyadagi va APEC’ning (Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi) Janubiy Koreyadagi sammitlarida iştirok etadi, şuningdek, Yaponiyaga taşrif buyuradi. Uning turnesidagi asosiy voqea Xitoy rahbari Si Jinping bilan uçraşuv bölişi kutilmoqda.
Yakşanba kuni Tailand va Kambodja yetakçilari Oq uy rahbari iştirokida ikki davlat örtasida harbiy mojaroni töxtatişga qaratilgan, Tramp «tinçlik kelişuvi» deb atagan şartnomani imzoladi.
OAVda tarqalgan xabarlarga köra, AQŞ prezidenti uşbu marosimni ASEAN sammiti davomida taşkil etişni talab qilgan. Yozda Tramp Tailand va Kambodja çegarasidagi janglarni töxtatişga yordam bergan va u bu uruşni özi töxtatişga muvaffaq bölgan sakkizta uruş qatoriga kiritgandi.
BBC muxbirlari ta’kidlaşiça, hujjat imzolanişidan oldin Tailand va Kambodja rahbarlari uni «tinçlik kelişuvi» deb atamaslikni ma’qul körişgan. Hujjatning rasmiy nomi «Munosabatlar töğrisidagi qöşma deklaratsiya» deb atalgan.
Matbuotga sizib çiqqan ma’lumotlarga köra, hujjatda mojaroni yumşatiş uçun faqat dastlabki çoralar, jumladan, oğir qurollarni olib çiqib ketiş hamda çegaralarni demarkatsiya qiliş va minalardan tozalaş böyiça qöşma harakatlar tasvirlangan.
Tailand va Kambodja örtasidagi mojaro qanday rivojlandi?
Ikki davlat örtasidagi uzoq yillik qarama-qarşilikning navbatdagi bosqiçi may oyida, kambodjalik harbiy xizmatçi çegarada halok bölganida boşlandi. Bu munosabatlar keskin yomonlaşuviga olib keldi: ikkala davlat bir-biriga qarşi qöşimça çeklovlar kiritdi.
Kambodja Tailanddan köplab tovarlar, jumladan, meva va sabzavotlarni import qilişni taqiqladi va bu mamlakatga elektr energiyasi va internet xizmatlarini eksport qilişni töxtatdi. Ikki davlat ham çegarada harbiylarini va qurollarini köpaytirdi.
24 iyul kuni ikki davlat armiyasi örtasida çegara töqnaşuvlari boşlandi, bu beş kun davom etdi va 33 kişi ölimiga olib keldi. Ön minglab aholi öz uylarini tark etişga majbur böldi.
28 iyul kuni Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim vositaçiligida Kuala-Lumpurda bölib ötgan muzokaralardan söng tomonlar öt oçişni töxtatişga kelişib oldi. Avvaliga Tailand vositaçilik takliflarini rad etgandi, biroq Tramp «janglar töxtatilmaydigan bölsa», tariflar böyiça muzokaralarni töxtatiş bilan tahdid qilganidan keyin rozi böldi.


















