Özbekistonda ilk bor “Şifokordan sörang” onlayn poliklinikasi sinov tariqasida işga tuşirildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

Uşbu loyihadan foydalaniş uçun www.askdoctor.uz veb-saytida röyxatdan ötiş kerak. Buning uçun aloqa ma'lumotlarni kiritib, telefon raqam orqali tasdiqlaş lozim böladi. Söngra tegişli yönaliş böyiça şifokor va qulay bölgan aloqa usullaridan (video) birini tanlaş lozim.

“Oldindan yoki muloqot paytida anketalar, kasalxonadan çiqqanligi töğrisidagi hujjatlar, ya'ni, şifokorga tavsiyalarni tayyorlaşda yordam beradigan ma'lumotlar tasvirini yuklaşingiz mumkin. Şifokor maslahatidan söng telefoningizga tavsiya yozilgani töğrisidagi xabar keladi. Uni saytning şaxsiy kabineti orqali yuklab oliş mumkin. Ta'kidlaş joizki, loyiha maqsadidan kelib çiqqan holda, onlayn maslahatlar faqat tavsiya xarakteriga ega. Çunki şifokor masofadan turib, tahlil oliş, harorat, bosim va pulsni ölçaş kabi harakatlarni amalga oşira olmaydi”, - deyiladi xabarda.

Uşbu onlayn xizmatdan Özbekiston Respublikasining har bir fuqarosi foydalaniş imkoniyatiga ega bölib, karantin tadbirlari davrida bepul. Xizmatdan foydalaniş uçun maxsus dasturlarni örnatiş talab etilmaydi va Internet brauzeriga ega har qanday qurilma (smartfon, planşet, noutbuk, kompyuter) orqali foydalaniş mumkin. Brauzer sozlamalarida saytning mikrofon va veb-kamera qurilmalaridan foydalanişiga ruxsat berilişiga alohida ahamiyat beriş kerak.

“Sifat va xavfsizlik borasida töxtaladigan bölsak, onlayn poliklinikaning barça mutaxassislari Soğliqni saqlaş vazirligida qöşimça sinovdan ötgan yuqori malakali şifokorlar (şu jumladan, professorlar) hisoblanadi. Tez orada uyda bölgan va tibbiy maslahatlarni taqdim etiş uçun texnik imkoniyatga ega şifokorlarni ham jalb qiliş funksiyasi işga tuşiriladi. 

Bundan taşqari, uşbu saytda maqolalar, tavsiyalar va tibbiy ensiklopediya ham mavjud bölib, şifokor bilan onlayn maslahatlaşuvdan oldin özingizni qiziqtirgan savollaringizga javob topişingiz mumkin.

Tösatdan paydo bölgan oğriq va kasallik alomatlari paytida diqqatni jamlaş juda qiyin bölişini hisobga olgan holda, www.askdoctor.uz saytida oldindan röyxatdan ötiş tavsiya qilinadi.

Şuningdek, mamlakatimizdagi noqulay sanitariya-epidemiologik vaziyat davrida şifokorlar maslahati bepul ekanligini inobatga olib, şifokorlar bilan muloqot sözlaşuv madaniyatiga rioya qilgan holda, haqorat va tahdidlarsiz ötişi lozim. Şuni bilingki, onlayn maslahat töliq davolaniş hisoblanmaydi. Zarur holda şifokor-konsultant tez yordam çaqirişi yoki şifokor körigiga yönaltirişi mumkin”, - deyilgan ma'lumotda.