Dasturçi Ittay Abraham dunyodagi eng qadimiy blokçeyn-zanjir xeşini topdi. Uning tvitterdagi sahifasida xabar berişiça, ma'lumot  The New York Times gazetasidagi «Topilmalar byurosi» bölimida qismlarga bölingan holda e'lon qilinmoqda.

Tizim mutaxassislar Styuart Xaber va Skott Stornettning işiga asoslangan bölib, ular 1991 yilda blokçeyn-zanjirlar prototipini yaratişgan. Aynan ularning işiga bitkoinning ta'rifi asoslangan.

Xaber va Stornettning tizimi  Surety deb ataladi. Uning asosiy aktivi - raqamli imzoning ekvivalenti bölgan  AbsoluteProof. Raqamli röyxatga oliş tizimida mijozlar xeşini joylaştiriş örniga,  Surety xodimlari ma'lumotlar bazasiga qöşilganlar haqida haftalik bazasini yaratadilar hamda uşbu ma'lumotni  The New York Times’da e'lon qilişadi. Xeş «Topilmalar byurosi» bölimida joylaştiriladi. Spikerlarning sözlariga köra, bu ma'lumotlarning soxtalaştirilişiga imkon bermaydi.

Foto: Twitter/@ittaia

Ma'lumotlar  The New York Times gazetasida 1995 yildan buyon e'lon qilinmoqda. Uşbu ğoya blokçeyn sohasi vakillarini hayratga soldi. Misol uçun,  Ethereum loyihasining asosçilaridan biri Vitalik Buterin tvitterdagi sahifasida soxta gazeta naşrini yaratiş va uni tarqatiş mavjud tizimga hujum bölişi mumkinligini aytdi. Biroq, Buterinning fikriga köra, buni qiliş qiyin böladi.