Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Panamaning elektr tarmog‘i xususiy elektr generatorida ro‘y bergan portlashdan so‘ng bir necha soatga ishdan chiqdi. Prezident Mulino xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib o‘tdi. Uzilish suv tozalash inshootlarining ishiga ta’sir qildi.
Panamada 16 mart, yakshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab uzilishdan bir necha soat o‘tib elektr energiyasi qayta tiklandi. Xususiy elektr generatorida ro‘y bergan portlashdan so‘ng milliy elektr tarmog‘i xavfsizlik nuqtayi nazaridan to‘xtatildi, deb tushuntirdi Panama prezidenti Xose Raul Mulino X ijtimoiy tarmog‘ida. «Asta-sekin xizmat ko‘rsatish tiklanadi. Tinchlaning», deb yozdi u. Portlashning aniq sabablari oshkor etilmagan.
Elektr ta’minotidagi uzilish, o‘z navbatida, taxminan 4,5 million aholiga ega bo‘lgan mamlakat bo‘ylab suv tozalash inshootlari va quduqlarning ishlashiga ta’sir qildi, deb xabar beradi IDAAN milliy agentligi.
Panama prezidenti mamlakat aholisini xotirjamlikka chaqirishdan biroz avval sodir bo‘lgan voqeadan noroziligini bildirdi. «Buni oqlab bo‘lmaydi. Xabarlarga ko‘ra, zarar juda katta. Men energetika vaziridan dushanba kuniga qadar hisobot taqdim etishini so‘rayman. Bunday yomon xizmat ko‘rsatishga chidab bo‘lmaydi», — deb yozgan Mulino.
Keyinroq davlat rahbari portlash sodir bo‘lgani taxmin qilingan joyning videosi bilan bo‘lishdi: tungi osmonda yorug‘lik chaqnashlari va tutun buluti ko‘ringan.
Mavzuga oid
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026