Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘z qudrati - tvitterdagi bir og‘iz gapidan so‘ng Maskning boyligi 2,8 mlrd dollarga kamaydi
Tesla kompaniyasining kapitalizatsiyasi qariyb 15 mlrd dollarga kamaydi. Reuters agentligining yozishicha, 27 aprelda kompaniya kapitalizatsiyasi 145 mlrd dollarni tashkil etayotgandi.
SpaceX asoschisi va Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi 2,8 mlrd dollarga kamayib, 36,6 mlrd dollarga tushib qoldi.
Bu Tesla aksiyalari Maskning Twitter’dagi so‘zlaridan keyin yuz berdi — u tvitida kompaniya aksiyalari narxi juda oshirib yuborilganini yozgandi.
1 may kuni aksiyalar narxi 9,35 foizga pasayib, 708,77 dollarga tushdi. Savdolar yopilish vaqtiga kelib esa, ularning narxi 10 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi.
Tesla kompaniyasining kapitalizatsiyasi qariyb 15 mlrd dollarga kamaydi. Reuters agentligining yozishicha, 27 aprelda kompaniya kapitalizatsiyasi 145 mlrd dollarni tashkil etayotgandi.
CNN telekanalining qayd etishicha, Mask 2013 yilda ham Londondagi tadbirlardan birida Tesla aksiyalari narxi ortiqcha baland ekanligini aytgan.
Avvalroq Mask va AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi kelishuv imzolagandi. Unga ko‘ra, Mask tvitterda Tesla yuristlarining roziligisiz kompaniya to‘g‘risida yozmaydi.
U shu bilan birga 20 million dollar jarima to‘lagan va Tesla direktorlar kengashi raisligini uch yilga tark etgandi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026