Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kamida ming kishi ishlaydigan yirik to‘qimachilik va tikuv klasterlari quriladi
Soha uchun muhim bo‘lgan 64 turdagi xomashyo va materiallar bojxona bojidan ozod qilindi.
«To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, hujjat bilan:
- to‘qimachilik korxonalari va klasterlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mahsulot raqobatdoshligini oshirish maqsadida xomashyo narxini 10 foizgacha pasaytirish imkoniyatini beruvchi xalqaro birja narxlariga o‘tiladi;
- 1 aprelga qadar ichki bozorda sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy to‘lov muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytirildi;
- to‘qimachilik korxonalari eksport qilgan mahsulot respublikadan chiqib ketishi bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘liq qaytariladi;
- soha uchun muhim bo‘lgan 64 turdagi xomashyo va materiallar bojxona bojidan ozod qilindi.
Shuningdek, tayyor mahsulot eksportini keskin ko‘paytirish, yirik, kamida 1 ming kishi ishlaydigan, xalqaro brend ostida ishlab chiqaruvchi zamonaviy yirik to‘qimachilik va tikuv klasterlarini barpo etish ko‘zda tutilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 2019 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksportidan 1,9 mlrd dollar daromad olgan. Bu ko‘rsatkichni 2025 yilga borib 7,1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirilgan.
Mamlakatda iyun oyining ikkinchi yakshanbasini O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati xodimlari kuni deb belgilash, «O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati faxriy xodimi» ko‘krak nishonini ta'sis etish taklif qilingan.
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:47 / 14.01.2026