Özbekistonda töqimaçilik sanoati xodimlari kuni belgilanadi va "Özbekiston Respublikasi töqimaçilik sanoati faxriy xodimi” kökrak nişoni ta'sis etiladi.

Tegişli qonun loyihasi va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.

Hujjatga köra, iyun oyining ikkinçi yakşanbasi “Özbekiston Respublikasi töqimaçilik sanoati xodimlari kuni” etib belgilanişi kutilyapti.

Şuningdek, “Özbekiston Respublikasi töqimaçilik sanoati faxriy xodimi” kökrak nişoni ta'sis etiladi. Kökrak nişoni bilan töqimaçilik va tikuv-trikotaj sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qöşgan xodimlar taqdirlanadi. Kökrak nişoni bilan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham taqdirlanişi mumkin.

“Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari xodimlarini kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarni har yili 10 aprelga qadar belgilangan tartibda körib çiqadi. Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sohasida erişgan muvaffaqiyatlari uçun kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça nomzodlar röyxati korxona rahbarlari takliflari asosida şakllantiriladi.

Uyuşma tomonidan kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflarni körib çiqiş böyiça Komissiya taşkil etiladi. Komissiya yiğilişida nomzodlar böyiça hujjatlar örganilib, har yili 20 mayga qadar eng munosib nomzodlar böyiça yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Komissiya xulosasi asosida Uyuşma raisining kökrak nişoni bilan taqdirlaş töğrisidagi buyruği har yili 1 iyulga qadar çiqariladi. Kökrak nişoni har yili “Özbekiston Respublikasi töqimaçilik sanoati xodimlari kuni” bayrami arafasida Uyuşma raisi (yoki uning topşiriğiga binoan boşqa mas'ul şaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topşiriladi.

Kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar röyxati Uyuşmaning Internet jahon axborot tarmoğidagi rasmiy veb-sayti va boşqa axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Kökrak nişoni bilan mukofotlangan şaxslarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining ön baravari miqdorida bir yöla tölanadigan pul mukofoti beriladi. Bir yöla tölanadigan pul mukofotlari Uyuşma mablağlari hisobidan tölanadi.

Bir şaxs kökrak nişoni bilan bir marta mukofotlanadi. Kökrak nişoni davlat mukofotlaridan keyin kökrakning çap tomoniga taqiladi.