Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksportidan daromad 7 mlrd dollardan ortadi
2025 yilgacha to‘qimachilik mahsuloti eksportidan tushadigan daromadni 7,1 mlrd AQSh dollariga yetkazish maqsad qilingan.
Bu xususida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rais o‘rinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov soha istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lumot berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
“2019 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksportidan tushadigan daromad 1,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etadigan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkichni 7,1 mlrd AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirganmiz. To‘qimachilik va tayyor kiyim mahsulotlari eksportini Yevroittifoq bozorida 7 foiz, MDH davlatlarida 44 foiz, Markaziy Osiyoda 6 foiz, Sharqiy Osiyoda 27 foiz, Yaqin Sharq va Afrikada 8 foiz, Janubi-sharqiy Osiyoda 6 foiz va boshqa davlatlarda 2 foizga yetkazish ko‘zlangan”, ─ deydi Baxtiyor Muhammadsaidov.
Rais o‘rinbosarining ta'kidlashicha, to‘qimachilik mahsulotlarining 60 foizi eksportga, 40 foizi ichki bozorga yo‘naltirilgan. To‘qimachilik mahsulotlari hozirda respublika yalpi ichki mahsulotining 6 foizini tashkil etadi. 2026 yilga qadar eksportga yo‘naltirilgan to‘qimachilik mahsulotlarining 54 foizini tayyor kiyim tovarlari tashkil etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026